Buxoroda elektr energiyasi ta’minotiga oid tayyorgarlik qanday?

Hademay, kuz faslining ikkinchi oyi kiradi. Havo harorati quyiga tomon og‘ib borgani sayin aholi xonadonlari, ijtimoiy soha inshootlari, korxona va tashkilotlar, muassasalar va ulardagi mehnat jamoalarida qish-qirovli kunlarga tayyorgarlik birinchi o‘ringa chiqadi. Kundalik turmushda va ish faoliyatida elektr energiyasining o‘rni va ahamiyati nechog‘li beqiyos ekanini ortiqcha izohlashgna hojat yo‘q, albatta. Zero, o‘tgan yilgi anomal sovuq, izg‘irinli mavsumda tizimda kuzatilgan yetishmovchilik va muammolar aholi xonadonlari va sanoat korxonalarini uzluksiz energiya bilan ta’minlash hamisha dolzarb ekanidan dalolat berib turibdi.

Sir emas, mamlakatimizda shu yo‘nalishdagi aksar korxonalar bugunga kelib ma’nan eskirgan, ya’ni, moddiy texnik-texnologik jihatdan ta’mirtalab ahvolga kelgani bois, tizimning barcha bo‘g‘inini modernizasiyalash, yangi, zamonaviy uskuna va dastgohlarni o‘rnatish, mukammal rekonstruksiya ishlariga ehtiyoj yuqoriligicha qolmoqda. Xo‘sh, bu tarmoqda viloyatda kuz-qish mavsumiga qanday tayyorgarlik ko‘rilmoqda?

MAQOLANI O’QISH

Buxoro Viloyat hokimligi matbuot xizmati

“ISROFGARCHILIKKA YO’L QO’YMAYLIK”

Elektr energiyasidan samarasiz foydalanish, uni behudaga sarflash natijasida qancha elektr energiyasi isrof bo’lishini bilasizmi?..

Hurmatli yurtdoshlar, har birimiz xonadonimiz yoki ish joyimizda elektr energiyasidan oqilona hamda tejamkorlikka rioya qilgan holda foydalanishimiz mumkin. Bu orqali Vatanimiz iqtisodiyotining yanada ravnaq topishi va energo tizimning barqaror va samarali ishlashiga o’z hissamizni qo’shgan bo’lamiz.

Videorolikni korish

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati

“Korrupsiyani oldini olish va unga qarshi kurashish” mavzusida suhbat o’tkazildi.

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJning Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazorati bo’limi tomonidan jamiyat tarkibidagi Kogon tuman elektr ta’minoti korxonalari xodimlari bilan uchrashuv o’tkazilib, “Korrupsiyani oldini olish va unga qarshi kurashish” mavzusida suhbat o’tkazildi. Uchrashuv davomida xodimlarga o’z mehnat vazifalarini bajarishlari chog’ida ta’magirlik, poraxo’rlik kabi illatlarga yo’l qo’ymasliklari, korrupsiya barcha sohalar kabi elektr energetika sohasining rivojlanishiga to’sqinlik qilishi, tizimda korrupsion holatlarga yo’l qo’ygan xodimlarga nisbatan jazo muqarrarligi uqtirildi.
Yakunda, korrupsiyaga yo’l qo’ymaslik, bu kabi salbiy holatlarni oldini olish va sodir etmaslik choralarini ko’rish lozimligi ta’kidlandi.

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati

Energiya samaradorligi va energiya tejamkorligi taraqqiyot garovi

Keling, avvalo “Energiya samaradorligi”ga ta’rif bersak. Energiya samaradorligi bu – energiya resurslaridan samarali, ya’ni oqilona foydalanishga qaratilgan jarayonlar majmuidir. Binolarning energiya ta’minoti yoki ishlab chiqarish jarayonlari uchun kamroq energiya sarflash evaziga kerakli natijaga erishish ham samaradorlik ko‘rsatkichi hisoblanadi. Texnika va texnologiya rivojlanishining hozirgi darajasida yoqilg‘i-energetika resurslaridan foydalanishda iqtisodiy jihatdan asoslangan samaradorlikka erishish hamda atrof-muhitni muhofaza qilish talablariga rioya qilish ham shular jumlasidan.

Ofis xonalarining eshik va deraza romlari qishda issiq, yozda sovuq haroratni saqlash uchun izolyasiya qilingan bo‘lishi, energiya tejamkor maishiy texnika va yoritish uskunalaridan foydalanish – energiya samaradorligi uchun juda muhimdir. Xuddi shu kabi neft-gaz mahsulotlaridan ham tejamkorlik bilan foydalanib, ulardan foydalanish samaradorligini oshirish mumkin. Shu o’rinda, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan keng ko’lamda foydalanish energiya samaradorligini yanada oshirish va tabiiy resurslarni kelajak avlodga yetkazish uchun xizmat qilishini ta’kidlab o’tish joiz. Isitish va sovitish jihozlaridan ham to‘g‘ri, oqilona foydalanish – energiya samaradorlik ko‘rsatkichlaridan biri. Ushbu ko‘rsatkichlar, avvalo, shaharsozlik loyihalari, bino-inshootlar qurilishini loyihalashtirish, qurilish materiallarini tanlash, sifatli qurish jarayoni, bino-inshootlarning ichki intererini jihozlash me’yorlariga amal qilish bilan chambarchas bog‘liq. Oddiy so‘z bilan aytganda, noto‘g‘ri qurilgan bino-inshootdan tortib noto‘g‘ri foydalanilgan oddiy maishiy uskuna-jihozlargacha – iqtisodiyotga katta zarar, jamiyat va davlat taraqqiyotining kushandasi hisoblanadi.

Bugungi kunda mavjud energo resurslardan tejamkorlik bilan foydalanish – davr talabi. Buning uchun foydalanilmayotgan elektr jihozlari va yoritish uskunalarini tarmoqdan uzib qo‘yish, ya’ni ofis yoki yashash xonalaridan chiqayotganingizda elektr jihozlarini kutish rejimida qoldirmasdan, ularni o‘chirib, tarmoqdan uzish orqali tejamkorlik tomon qadamni tashlagan bo‘lasiz. Shuningdek, ish joyi va xonadonlarni ko‘proq tabiiy yorug‘likdan ya’ni quyosh nuridan foydalangan holda yoritishga alohida e’tibor qaratish zarur. Yana bir muhim masala, Siz, ko‘cha-ko‘yda, mahallada, dam olish maskanlari-yu boshqa jamoat joylarida foydalanilmayotgan elektr jihoz va qurilmalarini tarmoqdan uzib qo‘yishni talab qilsangiz – energiya tejamkorligi va samaradorligi bo‘yicha jamoatchilik nazoratini o‘rnatishda o’z hissangizni qo’shgan bo’lasiz.

#Jarayon

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ Linyalar xizmatgohi xodimlari tomonidan yuqori kuchlanishdagi “Markaziy” 110 kVli havo elektr uzatish tarmog’i ko’rikdan o’tkazilib, aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilmoqda. Shuningdek, temir burchakli tayanchlarni estetik holati yaxshilanib, bo’yash ishlari olib borilmoqda.

“Buxoro HETK” AJ Matbuot xizmati

#Kogon_tuman ETK: Ish jarayonidan lavhalar

“Obod xonadon – obod ko‘cha – obod mahalla” dasturi doirasida Kogon tuman elektr ta’minoti korxonasi xodimlari tomonidan “Sorg’un” MFY Katta org’un qishlog’idagi mavjud 152-transformator punktidan chiquvchi 0.4 kv havo elektr uzatish tarmoqlaridagi yaroqsiz simyog’ochlar almashtirilib, 20 dona mustahkam temir-beton tayanchlar o’rnatildi. Shuningdek, mahalladagi 152- va 210- sonli transformator punktlarining quvvati oshirildi.

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati

Elektr energiyasini tejash — undan oqilona foydalanish demakdir!

Ma’lumki, iqtisodiyot tarmoqlari rivojlanib, turmush darajasi yaxshilangani sari energiyaga talab ham oshib boradi. Ma’lumotlarga ko‘ra, so‘nggi besh yilda yurtimizda elektr energiyasi iste’moli 20 foizga, jumladan, aholi tomonidan sarflanishi 31 foizga oshgan. Bu ko‘rsatkich yiliga 6 foizdan o‘sib bormoqda.

Shu bois energiya ishlab chiqarish izchil rivojlantirilmoqda, bunga qo‘shimcha suv, quyosh, shamol energetikasi stansiyalari barpo etilmoqda. Shu bilan birga, elektr energiyasi va tabiiy gaz sarfini hisoblash tizimi ham tartibga keltirildi. Endigi muhim vazifa – bu ne’matni qadrlab, tejab, o‘z o‘rnida foydalanish.

Maqolani to’liq o’qish

BUXORO.UZ | Расмий канали

1 OKTABR 2023 YILDAN OSHIRILISHI

О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 15 sentabrdagi “Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qо‘shimcha chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi 475-sonli qaroriga asosan, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ 2023 yil 1 oktabrdan boshlab elektr energiyasining narxlari oshishini ma’lum qiladi.

T/rIste’molchilar nomiО‘lchov birligiО‘lchov birligi uchun narxlar
(QQS hisobga olingan holda,sо‘m)
I.Iste’molchilarning I — IV guruhlari uchun elektr energiyasi  
1.1.Iste’molchilarning I va II guruhlari:a) “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ, “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ, “О‘zbekiston metallurgiya kombinati” AJ va uning tarkibiga kiruvchi ishlab chiqaruvchi korxonalar, byudjet tashkilotlari, shuningdek, nasos stansiyalari iste’mol qiladigan elektr energiyasining davlat byudjetidan moliyalashtiriladigan qismi uchun;b) qolgan iste’molchilar uchunkVt soat 1 000          900
1.2.Iste’molchilarning III guruhi, shu jumladan aholi: 
1.2.1.Ovqat tayyorlash uchun markazlashgan holda elektr plitalari bilan jihozlangan kо‘p kvartirali uy-joylar va yotoqxonalarda yashaydigan maishiy iste’molchilar uchun:147,5
1.2.2.Qolgan iste’molchilar uchun:295
1.3.Iste’molchilarning IV guruhi:900

HURMATLI ELEKTR ENERGIYASI ISTE’MOLCHILARI!

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 15 sentabrdagi “Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 475-sonli qaroriga (https://lex.uz/pdfs/6609144) asosan, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ 2023 yil 1 oktabrdan boshlab elektr energiyasining narxlari (https://het.uz/oz/lists/view/1919) oshishini ma’lum qiladi.

MA’LUMOT UCHUN: QARORGA ASOSAN AHOLI UCHUN TARIFLAR O‘ZGARISHSIZ QOLDI.