Fuqarolarni korrupsiyaviy xolatlarga duch kelmasliklari va bunday yomon illatdan ogox bo’lishlari to’g’risida mahalla fuqarolari bilan suhbat o’tkazildi.
“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJning Korrupsiyaga qarshi kurashish va kompleans nazorati bo’limi mutaxassislari tomonidan Romitan tumani “Mirishkor” MFY hududida Korrupsiyaga qarshi kurash, jinoyatchilikni oldini olish, hamda mahallada fuqarolarni korrupsiyaviy xolatlarga duch kelmasliklari va bunday yomon illatdan ogox bo’lishlari to’g’risida mahalla fuqarolari bilan suhbat o’tkazildi.
Soha xodimlari “Buxoro HETK” AJ tomonidan viloyat aholisi va ijtimoiy soha obektlarini elektr energiyasi bilan barqaror ta’minlash borasida doimiy ravishda ishlar amalga oshirib kelinayotganligi, siyosiy ijtimoiy-iqtisodiy, ekologik xavf-xatarlar bilan bir qatorda yana bir xavf bu ham bo’lsa jamiyat rivojiga g’ov bo’layotgan yana bir illat “Korrupsiya” balosi ekanligi misollar bilan batafsil tushuntirildi.
Bu illatning tarqalishiga to’sqinlik qilish nafaqat huquq tartibot hodimlari vazifasi, balki barchamizning vazifamiz ekanligi aloxida ta’kidlab o’tildi.
“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati