Rasmiy munosabat

“Zo’r TV” telekanalining “Bu kun” informatsion dasturi orqali Olot tumani “Bayot” MFY Qassob bayot qishlog’idan simyog’ochlarning holati bo’yicha qilingan murojaatga ijobiy yechim topish maqsadida ichki imkoniyatdan kelib chiqib 14 dona temir beton tayanchlari o’rnatildi. Hozirgi kunda Olot tuman elektr ta’minoti korxonasi xodimlari tomonidan 0.4 kVli havo elektr uzatish tarmog’ini tortish ishlari olib borilmoqda. Qisqa muddatlarda montaj ishlari yakunlanib, aholi sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlanadi.

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati