Elektr qurilmalari navbatdan tashqari ko’rikdan o’tkazildi.

Buxoro shahar elektr ta’minoti korxonasi xodimlari tomonidan “Oybek”, “Jalol Ikromiy”, “Do’stlik”, “Ibn Sino” va “Navbahor” MFY hududlaridagi elektr qurilmalari navbatdan tashqari ko’rikdan o’tkazildi.

O’rganishlar davomida aniqlangan kamchiliklar bartaraf qilinib, transformator punktlari hamda elektr uzatish tarmoqlarida joriy ta’mirlash ishlari bajarildi.

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati