Energetika vazirligi: Vaqtinchalik choralar keng ko‘lamli muammolarni oldini oladi.

O‘zbekiston Energetika vazirligi iste’molchilar e’tiborini joriy haftada haroratning me’yordan oshib ketishi tufayli elektr uzatish tarmoqlarining haddan tashqari qizib ketishi qayd etilayotgani, bu esa tarmoqda jiddiy nosozliklarga olib kelishi mumkinligiga qaratadi.

Asosan ochiq quyoshda joylashgan elektr uzatish tarmoqlari bugungi kunda ularning ishlashi uchun mo‘ljallanmagan haroratgacha qiziydi. Juda yuqori harorat ko‘rsatkichlariga qo‘shimcha ravishda, ayniqsa kunduzi, elektr uzatish tarmoqlarining nosozlik holatiga elektr energiyasi iste’molining favqulodda o‘sishi ta’sir qiladi.

Bunday holatda, har qanday vaqtda elektr uzatish tarmoqlarining haddan tashqari qizishi va iste’molning o‘sishi tizimda katta hajmdagi baxtsiz hodisalarga olib kelishi mumkin bo‘lib, bu esa elektr ta’minotini normallashtirish uchun sezilarli vaqtni (bir kun yoki undan ko‘proq) olishi mumkin.

Energotizimda keng ko‘lamli muammolar yuzaga kelishini oldini olish uchun dispetcherlik xizmatlari elektr uzatish tarmoqlaridagi yuklamani kamaytirish uchun zarur choralar ko‘radi. Xususan, ma’lum ko‘rsatkichlar kritik darajaga yaqin bo‘lgan holda, ayrim turar-joy binolari va sanoat ob’ektlarini elektr ta’minotidan vaqtincha uzib turish kerak bo‘ladi.

Ko‘rsatkichlar normallashtirilganda, dispetcherlik xizmati ushbu ob’ektlarni darhol elektr ta’minotiga ulaydi.

G‘ayritabiiy yuqori haroratning yaxshilanishi barqaror elektr ta’minotini normallashtirishga yordam beradi.

Shu munosabat bilan, iste’molchilar tarmoqdagi keng ko‘lamli nosozliklarni oldini oladigan, vaziyatni ancha uzoqroq tuzatishni talab qiladigan bunday choralar zarurligini tushunishlari muhim hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasi
Energetika vazirligi Matbuot xizmati

▶️@minenergy_uz
▶️@prminenergy