Obod mahalla

“Obod mahalla” Davlat dasturi asosoda yangi tayanchlar o’rnatilmoqda.

 

Buxoro shahar elektr ta’minoti korxonasi xodimlari tomonidan Buxoro shahrining “Fayzulla Xo’jayev” mahalla fuqarolar yig’ini hududida “Obod mahalla” Davlat dasturiga binoan, elektr energiyasi iste’molchilarining elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida hududga olib kelingan yangi temir–beton tayanchlarni o‘rnatish ishlari davom ettirilmoqda.
Bugungi kunga qadar 200 donadan ortiq mustahkam temir-beton tayanchlar o’rnatildi.

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati