"BUXORO HETK"AJ OB'EKTLARINI XARITASI

"Eng faol yosh ishchi kasb egasi" ko'rik tanlovi

O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi va O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi Markaziy Kengashi o‘rtasida “Eng faol yosh ishchi kasb egasi” ko‘rik tanlovini o‘tkazish to‘g‘risidagi Qo‘shma qaroriga muvofiq, 2019 yilning 30 aprel kuni “Buxoro HETK” AJ kichik majlislar zalida “Eng faol yosh ishchi kasb egasi” tanlovi doirasida “Elektromontyor” nominatsiyasi bo‘yicha 25 yoshgacha bo‘lgan korxona xodimlari orasida ko‘rik tanlovi o‘tkazildi.

Ko‘rik tanlovda faol qatnashgan 9 ta faol ishtirokchilardan ko‘rik tanlov hay’ati xulosasiga ko‘ra:

1-o‘rin – Izolyatsiya va yuqori kuchlanishdan himoya xizmatgoxi elektromontyori Jahongir Axmedovga;

2-o‘rin – Jondor tuman ETK elektromontyori Mizrobjon Suvonovga;

3-o‘rin – Liniyalar xizmati elektromontyori Navro‘z Ilyasovlarga berildi.

Tanlov sovrindorlari maxsus sovg‘alar  hamda  faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar.

BUXORO VILOYATINING G’IJDUVON TUMANIDA AVTOMATLASHTIRILGAN TIZIMNI JORIY ETISH ISHLARI BOSHLANDI.

Prezidentimizning 2018 yil 23 oktyabrda “Elektr energetikasi tarmog‘ini jadal rivojlantirish va moliyaviy barqarorligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan, 2021 yil yakunigacha 7 milliondan ortiq iste’molchilarning barchasi elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimiga ulanishi belgilangan.

 

Shunga ko‘ra, Buxoro viloyatining G’ijduvon tumanida ham Janubiy Koreyaning “KT Corporation” kompaniyasi bilan hamkorlikda EHNAT (ASKUE)elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish ishlari olib borilmoqda.

 

 

Shu yaqin kunlarda G’ijduvon tumanida reja asosida 57 mingga yaqin maishiy  iste’molchilar va 2 961 nafar yuridik iste’molchilarga elektr hisoblagichlari o’rnatish ishlari amalga oshirilishi ko‘zda tutilmoqda.

Shu bilan birga viloyatdagi barcha iste’molchilarning elektr hisoblagichlari elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan 2019-2021 yillar davomida pudratchi tashkilot hamkorligida bosqichma-bosqich etkazib beriladigan ko‘p funksiyali “KAIFA” rusumli elektr hisoblagichlarga almashtiriladi va to‘liq Elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimiga ulanib, “Billing” markazi orqali boshqarilishi ta’minlanadi.

Navro'z sayli

“Ko‘hna va boqiy Buxoro” majmuasida 2019 yilning 20 mart kuni “Navro‘z” umumxalq bayrami munosabati bilan xalq sayli hamda ko‘ngil ochar tadbirlar tashkil qilindi. Tashkil qilingan saylda “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ ishchi-xodimlari ham faol ishtirok etdilar.

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ ishchi-xodimlari ushbu xalq saylida korxona uchun belgilangan maydonchada Navro‘z shukuhini beruvchi bezaklar bilan bezab sayl ishtirokchilarida bahor kayfiyatini uyg‘otishga harakat qilishdi.

“Ezgulik timsoli, xush kelding Navro‘z”, “Navro‘z dasturxoni” va “Navro‘z yallasi” kabi loyihalarni o‘z ichiga qamrab olgan sayllar barchaga chinakam bayram kayfiyatini ulashdi.

Korxona rahbariyatining, ishchi-xodimlarining xalq bilan birga bir tanu bir jon bo‘lib, milliy qadriyat, urf-odat va an’analarimiz bo‘y cho‘zgan Navro‘z saylida qadamba-qadam bo‘lishgani yoshu qariga samimiyat ulashdi.