Navro'z sayli

“Ko‘hna va boqiy Buxoro” majmuasida 2019 yilning 20 mart kuni “Navro‘z” umumxalq bayrami munosabati bilan xalq sayli hamda ko‘ngil ochar tadbirlar tashkil qilindi. Tashkil qilingan saylda “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ ishchi-xodimlari ham faol ishtirok etdilar.

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ ishchi-xodimlari ushbu xalq saylida korxona uchun belgilangan maydonchada Navro‘z shukuhini beruvchi bezaklar bilan bezab sayl ishtirokchilarida bahor kayfiyatini uyg‘otishga harakat qilishdi.

“Ezgulik timsoli, xush kelding Navro‘z”, “Navro‘z dasturxoni” va “Navro‘z yallasi” kabi loyihalarni o‘z ichiga qamrab olgan sayllar barchaga chinakam bayram kayfiyatini ulashdi.

Korxona rahbariyatining, ishchi-xodimlarining xalq bilan birga bir tanu bir jon bo‘lib, milliy qadriyat, urf-odat va an’analarimiz bo‘y cho‘zgan Navro‘z saylida qadamba-qadam bo‘lishgani yoshu qariga samimiyat ulashdi.