"BUXORO HETK"AJ OB'EKTLARINI XARITASI

To’langan va hisoblangan dividendlar to’g’risida ma`lumot_2019

Oxirgi uch yilda hisoblangan va to’langan dividendlar to’g’risidagi ma’lumotlar (so’mda) 

Yil Hisoblangan Divident solig’i To’langan Qarzdorlik
Bir dona aksiyaga Jami
2015 400 289 640 000 28 964 000 230 544 000 30 132 000
2016 400 289 640 000 28 964 000 209 152 800 51 523 200
2017 400 289 640 000 28 964 000 178 041 600 82 634 400

Ma’lumot kalendar yili asosida taqdim etilgan.

O’zbekison Respublikasining “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlar huquqlarini himoya qilish to’g’risida”gi Qonunining  42 moddasiga muvofiq aksiyador uning aksiyalarga bo’lgan huquqlarini hisobga olish bo’yicha xizmat ko’rsatayotgan depozitariyga shaxsiy ma’lumotlaridagi o’zgarishlar to’g’risida o’z vaqtida bildirishi lozimligi haqida xabar beramiz. Aksiyador shaxsiy ma’lumotlaridagi o’zgarishlar to’g’risida xabar bermagan holatlarda Markaziy depozitariy va uning aksiyalarga bo’lgan huquqlarini hisobga olish bo’yicha xizmat ko’rsatayotgan depozitariy aksiyadorga shu sababli yetkazilgan zarar uchun javob bermaydilar.

Shu munosabat bilan, depozitar hujjatlarni dolzarb holatda saqlab turish uchun “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJda chiqarilgan qimmatli qog’ozlarga bo’lgan huquqlarni hisobga oladigan “Buxoro VAQT” MChJga murojaat etishingizni qat’iy iltimos qilamiz. “Buxoro VAQT” MChJ manzili: Buxoro sh., Mustaqillik ko’chasi, 10 uy.

“Buxoro VAQT” MChJga murojaat etishda yoningizda passport, pensionerlarda esa – pensiya guvohnomasi bo’lishi lozim.

«Buxoro HETK» AJ aksiyadorlari diqqatiga!

«Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi» aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlari diqqatiga!

Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi» aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlarining 2018 yil yakunlariga bag‘ishlanib, 2019 yil 25 iyunda bo‘lib o‘tgan umumiy yig‘ilishda jamiyatning imtiyozli aksiyalariga dividend to‘lash to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Mazkur qarorga muvofiq, jamiyat tomondan chiqarilgan va joylashtirilgan har bir imtiyozli aksiyaga, aksiya nominal qiymatining 40 foizi miqdorida dividend to‘lanadi.
Imtiyozli aksiyalarga hisoblangan dividend, O‘zbekiston Respublikasining «Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi qonunning 51-moddasi va jamiyat ustavining 7.9 bandiga asosan, dividend to‘lash to‘g‘risida qaror qabul qilingan sanadan e’tiboran 60 kun ichida to‘lanadi. Dividend to‘lash 2019 yilning 05 yildan boshlanib, joriy yilning 2 sentabrga qadar yakunlanadi. Dividendlarni olish bo‘yicha jamiyat hisobxonasiga murojaat etishingiz mumkin. Tel: +99865 225-04-53.

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” aksiyadorlik jamiyati ma’muriyati.

Mini-futbol musobaqasi

30 – iyun “Yoshlar kuni”  munosabati bilan korxonaning Kasaba uyushmasi qo‘mitasi va Yoshlar ittifoqi kengashi tashabbusi bilan belgilangan dastur asosida 22 iyun kuni  “Buxoro HETK”  AJ hamda  Tuman, Shahar elektr tarmoqlari  korxonalarining 30 yoshgacha bo‘lgan  336 nafar yosh mutaxassislari o‘rtasida  futbol musobaqasi o‘tkazildi va dam olish kunini ko‘ngildagidek o‘tishiga xizmat qildi.

Musobaqada faol qatnashib yuqori natijalarni qo‘lga kiritgan yoshlar  Kasaba uyushmasi qo‘mitasi  raisi tomonidan maxsus o‘rin va sovg‘alar bilan taqdirlandilar:

1-o‘rinni egallagan Jondor TETK  yoshlariga;

2-o‘rinni Qorako‘l TETK yoshlariga;

3-o‘rinni Izolyatsiya va yuqori kuchlanishdan himoya qilish xizmatgoxi yoshlariga berildi.

 

 

 

 

 

 

Eng ko‘p to‘p urgan yosh sportchi Shoxrux Shodmonov va eng yaxshi darvozabon nominatsiyasi g‘olibi Farrux Aldashev deb topildi va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar.