Jarayon



“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJning Podstansiyalar xizmatgohi xodimlari tomonidan joylardagi podstansiyalarning holati doimiy ravishda o’rganilib, aniqlangan kamchiliklar bartaraf qilinmoqda. Jumladan, Buxoro viloyatining eng olis hududi Olot tumanidagi “ATK” 110/35/10 kV podstansiyasida joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirildi. Podstansiyada obodonlashtirish, elektr qurilmalari va o’chirib, yoqish uskunalarini ta’mirlash, estetik holatini yaxshilash, qizishini oldini olish hamda ulanish nuqtalarini ko’rikdan o’tkazish ishlari bajarildi.
“Buxoro HETK” AJ Matbuot xizmati
24_soatlik_navbatchilik_asosida

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati
Yangi yilingiz bilan!

❄️🎄🎄 Barchangizni kirib kelgan yangi 2025 yil bilan samimiy muborakbod etamiz. Yangi yil о‘zida ulug‘ maqsad va eng ezgu niyatlarni mujassam etib, xalqimizni katta yaratuvchanlik ishlariga ruhlantirsin! 2025 yilda xonadoningizdan cheksiz quvonch, fayzu baraka, tinchlik-osoyishtalik arimasin! Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, umringiz uzun, qalbingiz hamisha butun, chehrangiz porloq bo’lsin. Shirin orzular ro’yobini ko’rish barchamizga nasib etsin.
Mamnuniyat ila,
“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ
UZLUKSIZ_FAOLIYAT_OLIB_BORILMOQDA



“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan qish mavsumini betalofat o‘tkazish maqsadida viloyat bo‘yicha barcha hududlarda qo’shimcha tezkor chiqish brigadalari tashkil etilgan bo’lib, 24/7 rejimida, tun-u kun faoliyat olib borilmoqda.
Tungi navbatchilik jarayonlari, xodimlarning shayligi, ularga yaratilgan shart sharoitlar rahbariyat boshchiligida joylarga chiqib o’rganilmoqda.
“Buxoro HETK” AJ Matbuot xizmati
24_soatlik_navbatchilik_asosida



“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ bayram kunlari hamda bayram kunlari munosabati bilan e’lon qilingan dam olish kunlarida isteʼmolchilarga uzluksiz elektr energiyasi yetkazib berish maqsadida navbatchilik asosida 24/7 rejimida, tun-u kun ish faoliyatini olib bormoqda.
1️⃣1️⃣5️⃣4️⃣ Call markazi
“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati
NAVBATCHILIK ASOSIDA UZLUKSIZ FAOLIYAT OLIB BORILMOQDA






“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan qish mavsumini betalofat o‘tkazish maqsadida viloyat bo‘yicha barcha hududlarda qo’shimcha tezkor chiqish brigadalari tashkil etilgan.
Mazkur brigadalar maxsus avtotransport vositalari va zarur himoya vositalari bilan to‘liq taʼminlangan.
Yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nosozliklarni tezkor bartaraf etish maqsadida zarur materiallar zahirasi yaratilgan.
Tezkor chiqish brigadalari yangi yil bayrami arafasida 24 soatlik ish rejimida uzluksiz ish faoliyat olib bormoqda.
Tun-u, kun isteʼmolchilar tomonidan elektr taʼminotiga oid kelib tushayotgan murojaatlar tezkorlik bilan ijobiy hal etish choralari ko‘rilmoqda.
Xodimlarning shayligi, ularga yaratilgan shart sharoitlar rahbariyat boshchiligida joylarga chiqib o’rganilmoqda.
“Buxoro HETK” AJ Matbuot xizmati
ELEKTR TA’MINOTIDAGI MUAMMOLAR BARTARAF ETILMOQDA






#FOTOREPORTAJ
“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” aksiyadorlik jamiyati tomonidan iste’molchilarni barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash borasida qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Jarayonda iste’molchilaridan kelib tushayotgan murojaatlar bevosita joyiga chiqib o‘rganilib, ta’minotdagi muammo va kamchiliklarni bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda. Eskirgan simyog‘ochlar yangilanmoqda, transformator punktlarining quvvati oshirilib, qo‘shimcha transformatorlari o‘rnatilmoqda.
Raqamlarga to‘xtaladigan bo‘lsak, joriy yilning o‘tgan uch choragida virtual qabulxona va o‘tkazilgan sayyor qabullar orqali hamda yozma ravishda 3601 ta murojaat kelib tushgan. Shundan 2200 tasi ijobiy hal qilingan, 1284 murojaat egalariga tushuntirishlar berilgan, 117 murojaat o‘rganish jarayonida.
https://uza.uz/posts/671943