"BUXORO HETK"AJ OB'EKTLARINI XARITASI

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ da viloyatdagi OAV xodimlari, mustaqil jurnalist va blogerlar bilan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJning katta majlislar zalida “Buxoro HETK” AJ rahbarlari ishtirokida viloyat miqiyosida elektr energiyasi ta’minotini yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar va yangiliklar, ASKUE tizimi misolida sohaga raqamli iqtisodiyotning kirib kelayotganligi, ta’minotda yuzaga kelayotgan uzilishlar tahliliga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi.

Matbuot anjumani ochiq-oshkora ruhda bo‘lib o‘tdi. Anjumanda ishtirok etgan OAV xodimlari va blogerlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga atroflicha javob oldilar.

Buxoro viloyat teleradiokompaniyasining «Diyor yangiliklari» informasion dasturidagi ushbu matbuot anjumaniga bag‘ishlangan videolavhasi

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati

“Buxoro HETK” AJda iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning energiya samaradorligini oshirishga bag‘ishlangan seminar trening bo‘lib o‘tdi.

“Buxoro HETK” AJda iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning energiya samaradorligini oshirish, energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirishning chora-tadbirlariga bag‘ishlangan seminar trening bo‘lib o‘tdi. Mavzu yuzasidan lavha “Diyor yangiliklari” informasion dasturi orqali efirga uzatildi.

Maqsad sari harakatlar davom ettirilmoqda

Buxoro shahar elektr ta’minoti korxonasi xodimlari tomonidan korxona balansida bo‘lgan transformator punktlarining holati o‘rganilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish ishlari navbatma-navbat olib borilmoqda. Shahrimiz aholisini me’yor darajasidagi uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlashni o‘z oldiga maqsad qilgan shahar elektr ta’minoti korxonasi xodimlari qo‘lni qo‘lga berib, birlashgan holda zimmalaridagi vazifalarni ado etib kelmoqdalar. Ushbu yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari alohida ahamiyat kasb etmoqda.

Sababi belgilangan dasturlar ijrosini ta’minlash, joriy hamda mukammal ta’mirlash ishlarini olib borish bilan bir qatorda transformator punktlarining tom qismini profnastil qoplamasi bilan qoplash ishlari olib borildi. Bu o‘z navbatida yog‘ingarchilik kunlarida transformator punktlarida kelib chiqishi mumkin bo‘lgan avariyali o‘chishlarni oldini olish va samarali ishlashi uchun xizmat qiladi.

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati.

Buxoro shahar elektr ta'minoti korxonasi tomonidan mavsumga tayyorgarlik ishlari davom ettirilmoqda.

Buxoro shahar elektr ta’minoti korxonasi tomonidan shaharning “Mirzo Ulug‘bek” MFY hududidagi “Mirzo Usmon” ko‘chasi hamda “Sifat Muniy” MFY hududidagi “A.Somiy” ko‘chasini elektr energiyasi bilan ta’minlovchi №146 va №1021 sonli transformator punktlarida joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirildi. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad iste’molchilarga kuz-qish mavsumida uzluksiz va sifatli elektr energiyasini yetkazib bergan holda mavsumni bekami-ko‘st o‘tkazishdan iboratdir.

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati.

“Po‘lotchi” qishlog‘i aholisining elektr energiyasi ta'minoti yaxshilandi.

Kogon tuman elektr ta’minoti korxonasi ishchi-xodimlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 23 noyabrdagi PQ-2661 sonli «2017-2021 yillarda past kuchlanishli elektr tarmoqlarini yanada modernizasiya qilish va yangilash dasturi to‘g‘risida»gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, tumanning “B. Naqshband” MFY “Po‘lotchi” qishlog‘i aholisini elektr energiyasi bilan ta’minlab kelayotgan №149 sonli transformator punktiga qo‘shimcha ravishda 160 kVA quvvatga ega bo‘lgan KTPN tipidagi transformator punkti o‘rnatib berildi.
Ushbu transformator punktini o‘rnatib, montaj ishlarini amalga oshirishda 4 dona temir-beton tayanchlar hamda zamonaviy SIP kabellaridan foydalanildi. Soha xodimlari tomonidan bu kabi ishlarning amalga oshirilishidan maqsad, elektr energiyasi iste’molchilariga sifatli hamda uzluksiz elektr energiyani yetkazib berish ekanligi bilan ahamiyatlidir.

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati.

“Buxoro HETK” AJda “Xavfsizlik texnikasi” ko‘rigi oyligi munosabati bilan o‘quv-amaliy mashg‘uloti tashkil etildi.

Sir emaski inson mehnati muhofazasi bugungi davrning eng dolzarb masalasi sifatida e’tirof etiladi. Inson qaysi soha vakili bo‘lishi va qanday lavozimda faoliyat ko‘rsatishidan qat’iy nazar “Xavfsizlik texnikasi” qoidalariga so‘zsiz amal qilishi, o‘zi va yakinlarining hayoti hamda sog‘ligiga befarq bo‘masligi bugungi zamon talabidir. Har bir shaxs xavfsizlik qoidalariga amal qilishi, unga itoat qilishi orqali nafaqat o‘zini, balki o‘zi orqali oila a’zolari va yaqinlarini turli xildagi baloyu-ofatlardan saqlab qolgan bo‘ladi.

Energetika tizimida 2020 yilning 15 sentyabridan 15 oktyabrigacha “Xavfsizlik texnikasi” ko‘rik oyligi o‘tkazilishi munosabati bilan Qorako‘l tuman elektr ta’minoti korxonasining o‘quv mashg‘uloti maydonchasida o‘quv-amaliy mashg‘ulot tashkil qilindi. Musoboqa tarzida tashkil qilingan ushbu o‘quv-amaliy mashg‘ulotda tuman (shahar) elektr ta’minoti korxonalarining tajribali hamda yosh mutaxassislaridan iborat jamoalar ishtirok etishdi. Tuman (shahar) elektr ta’minoti korxonalarining tezkor brigada a’zolari tashqi ko‘rinishi, himoya vositalarining belgilangan ro‘yxat bo‘yicha ta’minlanganligi va ularning xolati, transformator punktlaridagi saqlagichlarni ko‘rikdan o‘tkazish va almashtirish ishlarini olib borish, havo tarmog‘ida elektr toki ta’siriga tushgan jabrlanuvchini qutqarish va jabrlanuvchiga birinchi yordam ko‘rsatish tartibi, transformator punktlarida yong‘in sodir bo‘lganda yong‘inni o‘chirish tartibi kabi 4 bosqichdan iborat shartlar asosida bellashishdi va o‘zlarining bilim va ko‘nikmalarini namoyon qilishdi.

Bajarilayotgan har bir shart “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJning mas’ul xodimlari hamda jamiyatning yetuk mutaxassislaridan iborat hakamlar hay’ati tomonidan sinchkovlik bilan kuzatib borildi hamda yo‘l qo‘yilgan har qanday xato va kamchiliklar inobatga olinib baholab borildi.

Shartlarni xatosiz bajarib, yuqori ballarni qo‘lga kiritgan tuman (shahar) elektr ta’minoti korxonalarining xodimlaridan iborat jamoalar orasidan kuchlilari saralandi va kuchli uchlik vakillari Kasaba uyushmasi qo‘mitasining estalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

“Buxoro HETK” AJ Matbuot xizmati