"BUXORO HETK"AJ OB'EKTLARINI XARITASI

Barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida olib borilayotgan ishlar

Buxoro shahar aholisi, iltimoiy soha ob’yektlari hamda tadbirkorlarni barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan 63 000 kVA bo’lgan kuch transformatori yetkazib berildi. Mazkur quvvatdagi kuch transformatorini “Markaziy” 110/35/6 podstansiyasida o’rnatilishi belgilangan. Modernizatsiya va yangilash ishlari doirasida “Markaziy” 110/35/6 podstansiyadagi 25 000 kVA bo’lgan kuch transformatori, olib kelingan 63 000 kVAli transformatorga almashtiriladi.
Hozirda “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ Podstansiyalar xizmatgohi xodimlari tomonidan montaj ishlari olib borilmoqda.

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati

Aholi murojaatlari o’z yechimini topmoqda.

Kuni kecha viloyatimizning Gijduvon tumani “Chorsu” MFY Chorsu ko’chasi hamda “Gulistonobod” MFY Boyxotin qishlog’i aholisi tomonidan elektr energiyasi ta’minoti bilan bog’liq muammolar yuzаsidan qilingan murojaatlarni bartaraf qilish, elektr energiyasi ta’minotini yaxshilash maqsadida “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan turli quvvatga ega bo’lgan transformator punktlari hamda qurilish materiallari yetkazib berildi.

Hozirda G’ijduvon tuman elektr ta’minoti korxonasi xodimlari tomonidan qurilish va montaj ishlari bajarilmoqda. Qurilish va montaj ishlarini qisqa muddatda sifatli qilib bajarilishi bo’yicha barcha choralar ko’rilgan.

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati

1 – oktyabr “Ustoz va murabbiylar kuni” munosabati bilan “Buxoro HETK” AJda bayram tadbirlari tashkil etildi

1 – oktyabr “Ustoz va murabbiylar kuni” munosabati bilan “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” aksiyadorlik jamiyatida bayram tadbirlari tashkil etildi. Tadbirda uzoq yillar davomida energetika sohasida samarali mehnat qilgan, yetuk mutaxassislarni tarbiyalashda benihoya ulkan hissasini qo‘shgan soha fidoyilari, ustozlar ishtirok etdilar.

Shuningdek, tadbir davomida energetiklar uchun sport musobaqalari ham bo‘lib o‘tdi. Tadbirda so‘zga chiqqan ustozlarimiz, energetika sohasi faxriylari bugungi kundagi o‘zgarishlarni, sohaga berilayotgan yuqori darajadagi e’tiborni ko‘rib, shodlandilar va benihoya xursand bo‘lgan holda yosh energetiklarga, shogirdlariga ulkan muvaffaqiyatlar tiladilar. Shu bilan bir qatorda yoshlik chog‘lari qaytib kelsa o‘zlarini yana elektr energetikasi sohasida ko‘rishlarini va ushbu sohada mehnat qilganliklaridan bir umr shodlanishlarini alohida ta’kidlab o‘tdilar.
Erta tongdan tashkillashtirilgan bayram tadbirida to‘kin dasturxon to‘shaldi va dasturxonga nahor oshi tortildi.

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati

Buxoro shahar elektr taʼminoti korxonasi xodimlarining mehnati eʼtirof etildi.

Buxoro shahar “Zarafshon” MFY hududida amalga oshirilgan keng koʼlamli qurilish, taʼmirlash, obodonlashtirish va koʼkalamzorlashtirish ishlarida faol ishtiroki va fidokorona mehnati uchun Buxoro shahar elektr taʼminoti korxonasi rahbari Baxtiyor Roʼziyevga Buxoro viloyati prokurorining tashakkurnomasi topshirildi.
“Zarafshon” MFYdagi elektr energiyasi isteʼmolchilarini elektr energiyasi taʼminotini yaxshilash maqsadida 630 kVА quvvatdagi transformator punkti oʼrnatilib, 300 metr uzunlikdagi yer osti kabellari yangilangan. Shuningdek, koʼp qavatli uylarning ichki elektr tarmoqlarini taʼmirlab, tartibga keltirish ishlariga koʼmak koʼrsatilgan.

“Buxoro HETK” АJ matbuot xizmati.

“Hududiy elektr tarmoqlari” АJ tomonidan “Elektr energiyasi mening taqdirimda” mavzuida oʼtkazilgan viktorinada «Buxoro HETK” АJ Аxborot texnologiyalari bo'limi boshligʼi Raxmatillo Sharifov birinchi oʼrinni oldi.

“Hududiy elektr tarmoqlari” АJ tomonidan mustaqilligimizning 30 yillik bayrami munosabati bilan “Elektr energiyasi mening taqdirimda” mavzuida oʼtkazilgan sovrinli viktorinada ishtirok etib, berilgan barcha savollarga toʼgʼri va tezkorlik bilan javob qaytargan va birinchi oʼringa sazovor boʼlgan “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” АJ Аxborot texnologiyalari boʼlimi boshligʼi Raxmatillo Sharifov noutbuk 💻 bilan taqdirlandi.
“Buxoro HETK” АJ jamoasi Raxmatillo Sharifovni ushbu mukofot bilan tabriklab, yutuqlari bardavom boʼlishini tilab qoladi.

“Buxoro HETK” АJ matbuot xizmati.

“Buxoro HETK” АJ majlislar zalida jamiyatda faoliyat yuritib kelayotgan bir guruh yoshlar bilan uchrashuv boʼlib oʼtdi.

Kitob inson kamolining kalitidir. Shunday ekan har birimiz kitobga oshno boʼlib, undagi bilimlarni qunt bilan oʼrganib, oʼz tafakkurimizni kengaytirib bormogʼimiz zarur. Аynan mutolaa insonga bilim va axborot beradi, uning maʼnaviy olamini boyitadi.

Shu munosabat bilan, bugun, 9 sentyabr kuni “Buxoro HETK” АJ majlislar zalida jamiyatda faoliyat yuritib kelayotgan bir guruh yoshlar bilan uchrashuv boʼlib oʼtdi. Uchrashuvda yosh energetiklarga hukumatimiz tomonidan yoshlar oʼrtasida kitobxonlikni keng targʼib qilish borasida amalga oshirilib kelinayotgan ishlar, sohaga oid kitoblar hamda badiiy asarlarni doimiy mutoala qilib borishning muhim jihatlari xususida tushintirishlar berildi. Ushbu sohada muvaffaqiyatga erishish, kelib chiqishi mumkin boʼlgan baxtsiz hodisalardan saqlanish va kelib chiqishini oldini olishda barchaga oʼrnak boʼla oladigan ustozlar, energetika faxriylarining oʼgitlariga quloq tutish kerakligiga alohida toʼxtalib oʼtildi.
Uchrashuv yakunida yosh energetiklarga sohaga oid boy tajribalarga asoslanib yozilgan kitoblar sovgʼa qilindi.

Yuridik va jismoniy shaxslarni elektr tarmoqlariga ulash bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 31.08.2021 yildagi 555-son

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 31.08.2021 yildagi 555-son

Yuridik va jismoniy shaxslarni elektr tarmoqlariga ulash bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida

Mustaqilligimizning 30 yillik shodiyonalari arafasida yana bir qator energetiklarning mehnati e'tirof etildi.

Mustaqil O‘zbekistonimizning taraqqiy etib, uning iqtisodiy yuksalishida, yurtimizda kechayotgan ulkan islohotlarni teran anglab, munosib ravishda mehnat qilib kelayotgan “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” aksiyadorlik jamiyati xodimlariga tashakkurnoma va faxriy yorliqlar topshirildi.
Yana bir ahamiyatli tomoni shundaki, MUSTAQIL DAVLATLAR HAMDO‘STLIGIga a’zo davlatlarning elektr energetikasini rivojlanishidagi xizmatlari uchun maxsus tayyorlangan “MDHda xizmat ko‘rsatgan energetik” faxriy unvoni bilan sohada ko‘p yillar xizmat qilgan Qahramon Quvvatov taqdirlandi.
Ushbu mukofot egalarini “Buxoro HETK” AJ jamoasi nomidan muborakbot etamiz va yutuqlari bardavom bo‘lishini tilab qolamiz.

“Buxoro HETK” AJ Matbuot xizmati.

“Shu aziz Vatanga fidodir jonim” shiori ostida o‘tkazilgan “Eng yaxshi elektr ta'minoti korxonasi” ko‘rik-tanlovida Buxoro shahar ETK birinchi o‘rinda!

2021 yil 30 avgust kuni «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ majlislar zalida Prezidentimizning farmoniga muvofiq Vatanimiz mustaqilligining 30 yillik bayrami arafasida davlatimizning yuksak orden va medallari, shuningdek, mamlakatimizni har tomonlama taraqqiy ettirish, davlatimiz iqtisodiyoti va aholi farovonligini yuksaltirishda ibrat va namuna bo‘lib kelayotgan, xususan, elektr energetikasi tizimini yanada yuksaltirishda alohida fidoyilik ko‘rsatayotgan Jamiyat xodimlarini «O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi» esdalik nishoni bilan taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Boshqaruv raisi Ulug‘bek Mustafoev tantanali tadbirni kirish so‘zi bilan ochar ekan, o‘ttiz yillik mehnatimiz, sa’y-harakatlarimiz, intilishlarimiz, maqsadlarimiz sari ishonchli odimlarimiz, eng asosiysi, energetika sohasida jadal olib borilayotgan islohotlar, pirovardida aholi farovonligini oshirish, xalqimizga munosib turmush sharoitlari yaratishga xizmat qilayotganini alohida ta’kidlab o‘tdi.

Tadbir doirasida, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 30 yillik bayrami arafasida elektr ta’minoti korxonalari o‘rtasida “Shu aziz Vatanga fidodir jonim” shiori ostida o‘tkazilgan “Eng yaxshi elektr ta’minoti korxonasi” ko‘rik-tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi ham bo‘lib o‘tdi.

Xususan, “Iste’molchilarga xizmat ko‘rsatishda yuqori sifat ko‘rsatkichiga erishgan va ishchi-xodimlarga qulay mehnat sharoitlari yaratilgan eng namunali elektr ta’minoti korxonasi” nominasiyasida “Andijon HETK” AJ tarkibidagi Andijon tuman hamda “Buxoro HETK” AJ tarkibidagi Buxoro shahar ETKlar g‘olib deb topildi.

“Eng namunali elektr ta’minoti korxonasi binosi” nominasiyasida “Xorazm HETK” AJ tarkibidagi Bog‘ot tumani va “Farg‘ona HETK” AJ tarkibidagi Dang‘ara ETKlar peshqadam bo‘lishdi.

“Rivojlanish sari dadil odimlayotgan elektr ta’minoti korxonasi” nominasiyasi bo‘yicha “Namangan HETK” AJ tarkibidagi “Markaz” va “Qoraqalpoq HETK” AJ tarkibidagi Mo‘ynoq tuman ETKlar g‘olib sifatida e’tirof etildi.

Sovrindorlarga tegishli pul mukofotlari qayd etilgan sertifikatlar va faxriy yorliqlari topshirildi.

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati.