Barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida olib borilayotgan ishlar

Buxoro shahar aholisi, iltimoiy soha ob’yektlari hamda tadbirkorlarni barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan 63 000 kVA bo’lgan kuch transformatori yetkazib berildi. Mazkur quvvatdagi kuch transformatorini “Markaziy” 110/35/6 podstansiyasida o’rnatilishi belgilangan. Modernizatsiya va yangilash ishlari doirasida “Markaziy” 110/35/6 podstansiyadagi 25 000 kVA bo’lgan kuch transformatori, olib kelingan 63 000 kVAli transformatorga almashtiriladi.
Hozirda “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ Podstansiyalar xizmatgohi xodimlari tomonidan montaj ishlari olib borilmoqda.

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati