1 – oktyabr “Ustoz va murabbiylar kuni” munosabati bilan “Buxoro HETK” AJda bayram tadbirlari tashkil etildi

1 – oktyabr “Ustoz va murabbiylar kuni” munosabati bilan “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” aksiyadorlik jamiyatida bayram tadbirlari tashkil etildi. Tadbirda uzoq yillar davomida energetika sohasida samarali mehnat qilgan, yetuk mutaxassislarni tarbiyalashda benihoya ulkan hissasini qo‘shgan soha fidoyilari, ustozlar ishtirok etdilar.

Shuningdek, tadbir davomida energetiklar uchun sport musobaqalari ham bo‘lib o‘tdi. Tadbirda so‘zga chiqqan ustozlarimiz, energetika sohasi faxriylari bugungi kundagi o‘zgarishlarni, sohaga berilayotgan yuqori darajadagi e’tiborni ko‘rib, shodlandilar va benihoya xursand bo‘lgan holda yosh energetiklarga, shogirdlariga ulkan muvaffaqiyatlar tiladilar. Shu bilan bir qatorda yoshlik chog‘lari qaytib kelsa o‘zlarini yana elektr energetikasi sohasida ko‘rishlarini va ushbu sohada mehnat qilganliklaridan bir umr shodlanishlarini alohida ta’kidlab o‘tdilar.
Erta tongdan tashkillashtirilgan bayram tadbirida to‘kin dasturxon to‘shaldi va dasturxonga nahor oshi tortildi.

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati