Birinchi chorak yakunlandi. Biroq natija qanday…?
Buxoro xududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ joriy yilning yakunlangan birinchi choragida, xalqimizning sifatli va uzluksiz elektr energiyaga bo‘lgan talabini qondirish maqsadida, belgilangan dasturlar ijrosi doirasida bir qator ishlarni amalga oshirdi. Jumladan: Prezidentimizning “2017-2021 yillarda past kuchlanishli elektr tarmoqlarini modernizasiya qilish va yangi qurilish dasturi to‘g‘risida” gi qaroriga asosan viloyat bo‘yicha 81,0 km uzinlikdagi elektr uzatish tarmoqlari, shu bilan bir qatorda 51 dona transformator punktlari qurilib, aholi ehtiyojiga munosib xizmat qilishi uchun foydalanishga topshirildi.
Birgina G‘ijduvon tumani misolida qaraydigan bo‘lsak, tumanning “Sharq” MFY “Yusuf Xamadoniy”, “Oqrabot” MFY “O‘rikzor”, “Soktari” MFY “Mirobod”, “Zargaron” MFY “Zargaron”, “Zarangari” MFY “Mug‘anak” hamda “Ulfatbibi” MFY “Yuqori Mirzayon” qishloqlarida o‘rnatilgan 6 dona qo‘shimcha transformator punktlarining o‘rnatilishi orqali 615 ta xonadonda istiqomat qiluvchi iste’molchilarga yetkazib berilayotgan elektr energiyasining sifatini yaxshilanishiga erishildi.
“Buxoro HETK” AJ Matbuot xizmati.
Tashrif buyuring, guvohi bo‘ling
XXI asr – axborot texnologiyalari asri. Darhaqiqat, bugungi kunda axborot texnologiyalari kirib bormagan biror bir soha, albatta bo‘lmasa kerak. Oddiy bir misol qilib shuni aytishimiz mumkinki, kompyuter qurilmalari va telefon apparatlari har bir zamondoshimizning haqiqiy ma’nodagi yordamchisiga aylanib bormoqda. So‘zimiz isbotini “Buxoro HETK” AJga qadam ranjida qilgan har bir inson ko‘rishi mumkin.
“Buxoro HETK” AJda korxona tashkil qilinganligining 70-yilligiga bag‘ishlab 1993 yilda tashkil qilingan muzey qayta ta’mirlanib, ishga tushirildi. Diqqatga sazovorli tomoni shundaki, muzeyda korxona tashkil topganidan to hozirgi davrgacha bo‘lgan korxona faoliyatiga tegishli eksponatlardan tashqari, yangilik sifatida AR (inglizcha: “augmented reality”) – kengaytirilgan voqelik texnologiyasidan qo‘llanildi.
Muzeyga tashrif buyurganlar o‘zlarining smartfonlariga AR-texnologiyalaridan foydalanish yo‘riqnomasidan QR-kodni skaner qilib mobil ilovani yuklab olishlari mumkin. Mobil ilova yuklab olinganidan so‘ng, smartfon ekranini muzeyda joylashtirilgan maxsus AR-markerli fotosuratga yo‘naltirsa, smartfon ekranida korxona tarixi haqida so‘zlab beruvchi videorolik paydo bo‘ladi. Muzeyga tashrif buyurgan yosh-u qari ushbu videorolikni ko‘rib korxona faoliyati tarixi bilan tanishishga muvaffaq bo‘ladi. Jami muzeyda 4 ta maxsus AR-markerli fotosuratlar qo‘yilgan bo‘lib, ularning har birida korxona faoliyati tarixini so‘zlab beruvchi videoroliklar joy olgan.
Muzeyda qo‘llanilgan AR-texnologiyasining afzallik tomoni shundaki, muzeyga tashrif buyurgan odam birovning xizmatisiz, o‘zi, bemalol korxona faoliyati tarixi bilan tanishadi.
“Buxoro HETK” AJ Matbuot xizmati.
Tadbirkorlik subyektlarini elektr tarmoqlariga ulash tartibini soddalashtirish va biznes muhitini yanada yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 28.02.2020 yildagi 111-son
Tadbirkorlik subyektlarini elektr tarmoqlariga ulash tartibini soddalashtirish va biznes muhitini yanada yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida
QORAKO‘L TUMAN ELEKTR TA'MINOTI KORXONASINING YANGI BINOSI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI
Qorako‘l tuman elektr ta’minoti korxonasining yangi binosi foydalanishga topshirildi.
Mamlakatimizning chekka hududlaridan biri hisoblangan Qorako‘l tumanida zamonaviy talablarga javob beradigan elektr ta’minoti korxonasi yangi binosining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Qorako‘l tuman elektr ta’minoti korxonasi binosida muhandis-texnik hamda ishchi-xodimlar hamda bu yerga tashrif buyuradigan mijozlar uchun zarur sharoitlar yaratilgan. Xususan, konferens-zal, korxona mutaxassislarini o‘qitish va boshqa xonalar ish samaradorligini oshirishga xizmat qilmoqda. Mijozlar uchun qulaylik tug‘dirish maqsadida fuqarolarni qabul qilish xonasi va elektron tablo ham ishga tushirilgan.
Ta’kidlash joizki, tuman elektr ta’minoti korxonasi tasarrufida 34 706 mingdan ziyod aholi va 2 132 dan ziyod yuridik shaxsga xizmat ko‘rsatuvchi 6 ta podstansiya, 535 km uzunlikdagi 10 kVli, 1 013 km uzunlikdagi 0,4 kVli havo elektr uzatish tarmoqlari, yangidan qurilayotgan kabel liniyalari, shuningdek, 475 ta transformator punkti ekspluatasiya qilinmoqda. Tabiiyki, ushbu sa’y-harakatlar qorako‘lliklarni sifatli va uzluksiz elektr energiya bilan ta’minlashda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.
Tantanali ochilish marosimining uzviy davomi sifatida “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJning tarkibiga kiruvchi 12 ta tuman va shahar elektr ta’minoti korxonasining mutasaddilariga xizmat avtomashinalari topshirildi.
“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ matbuot xizmati
Жондор тумани “Яккатут 35/10” нимстанциясида амалга оширилган ишлар
“Бухоро ҲЭТК” АЖ томонидан Жондор тумани “Яккатут 35/10” нимстанциясида амалга оширилган ишлар “Диёр янгиликлари” нигоҳида
Elektr energiyasi iste'molchilari diqqatiga!
Hurmatli elektr energiyasi iste’molchilari!
Hozirgi kunda “Talimarjon issiqlik elektr stansiyasi”(IES)ning elektr energiyasi ishlab chiqarishga mo‘ljallangan qurilmasida nosozlik tufayli ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.Shu munosabat bilan respublikamizning ayrim hududlarida elektr energiyasida uzilishlar kuzatilmoqda. Jumladan Buxoro viloyatining tumani, shahar hududlarida ham vaqtinchalik uzilishlar yuzaga kelmoqda.
“Talimarjon issiqlik elektr stansiyasi”(IES)da yuzaga kelgan nosozliklarni tez fursatlarda bartaraf etish choralari Energetika vazirligi tomonidan nazoratga olingan.
Nosozlik bartaraf etilgach, elektr energiyasi ta’minoti yaxshilanishini bildiramiz.
Keltirilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raymiz.
“Buxoro HETK” AJ Matbuot xizmati