Rasmiy munosabat
Ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan Buxoroda reja asosida qo’llaniladigan elektr energiyasini cheklash grafigi kuzatuvchilar tomonidan turli muhokamalarga sabab bo’lmoqda. Holat yuzasidan “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ quyidagilarni ma’lum qiladi:
Ma’lumki, elektr energiyasini ishlab chiqarish va uni iste’mol qilish bir vaqtga to’g’ri keladi. Shuning uchun elektr energiyasi zahirasini yaratish imkonsizdir. Shu sababli energo tizimda yoqilg’i va quvvat tanqisligi yuzaga kelgan vaqtlarda elektr energiyasi balansini ta’minlash hamda energetika tizimida og’ir oqibatli yirik favqulotda avariyali holatlarni yuzaga kelishini oldini olish maqsadida hududlarda ehtimoliy cheklov grafiklari shakllantirilgan.
Ta’kidlash joizki, bunday cheklov grafiklariga faqatgina zaruriy hollarda, tizimda quvvat tanqisligi kuzatilgan vaqtlardagina amal qilinadi. Tizim me’yoriy holatga kelgan vaqtlarda cheklov grafigi qo’llanilmaydi va elektr energiyasini uzluksiz ravishda yetkazib berilishi ta’minlanadi.
Elektr energiyasi iste’molchilaridan ushbu vaziyatni to’g’ri tushunishlarini, tarmoqlarda yuzaga kelishi mumkin bo’lgan yirik avariyalarni oldini olish hamda energiya resurslari barqarorligini ta’minlash maqsadida imkon qadar ushbu resurslardan oqilona, tejamkorlik bilan foydalanishlarini so’raymiz.
“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ ma’muriyati





Hurmatli elektr energiyasi iste’molchilari aloqa kabellarida ta’mirlash ishlarining olib borilishi munosabati bilan “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJning (65) 225-59-52; (65) 225-72-73 dispetcherlik xizmati raqamlari hamda Buxoro shahar elektr ta’minoti korxonasining (65) 225-69-55 telefon raqamlari faoliyatida 2022 yil 9 noyabr kuni soat 09:00dan 19:00ga qadar uzilishlar kuzatilishini bildiramiz.






