"BUXORO HETK"AJ OB'EKTLARINI XARITASI

O‘zbekistonda uchta quyosh fotoelektr stansiyasini qurish bo‘yicha tender g‘oliblari aniqlandi.

2022 yil 15-dekabr kuni Buxoro, Namangan va Xorazm viloyatlarida umumiy quvvati 500 MVt bo‘lgan 3 ta quyosh fotoelektr stansiyasini qurish va ulardan foydalanish bo‘yicha o‘tkazilgan tender tanlovlarida g‘olib investorlar aniqlandi.

Tanlov natijalariga ko‘ra:

“Masdar” kompaniyasi (BAA) Buxoro viloyatida 250 MVt quvvatga ega loyihani qurish va unda ishlab chiqarilgan elektr energiyasining bir kilovatt-soati uchun 3,044 AQSh senti miqdorida taklifi bilan g‘olib bo‘ldi. Ahamiyatlisi, mazkur loyiha O‘zbekistonda birinchi marta quvvati 62 MVtlik Energiya saqlash batareyasi bilan amalga oshiriladi.

“GD Power – Powerchina” konsorsiumi (Xitoy) Namangan viloyatida 150 MVt quvvatga ega loyiha uchununda ishlab chiqarilgan bir kilovatt-soat elektr energiyasini 4,828 AQSh sentida yetkazib berish taklifi bilan g‘olib deb topildi.

“Voltalia” kompaniyasi (Fransiya) Xorazm viloyatida 100 MVt quvvatga ega loyiha uchun ishlab chiqarilgan bir kilovatt-soat elektr energiyasini 2,888 AQSh sentida yetkazib berish taklifi bilan g‘olib deb topildi.

Muzokaralar o‘tkaziladi.

▶️@minenergy_uz

HURMATLI ELEKTR ENERGIYaSI ISTE’MOLChILARI!

Havo haroratining sovib ketishi hamda yuqori iste’mol vaqtlarida Buxoro viloyatiga belgilangan iste’mol topshirig’ini bajarish, ishlab chiqarishdagi texnologik jarayonlar to’xtab qolishining oldini olish, elektr energiyasi ishlab chiqarish va iste’mol muvozanatini ushlab turish hamda ta’minotdagi tartibsiz uzilishlarni bartaraf etish maqsadida viloyatimiz hududlarida tuman, shahar hokimliklari bilan kelishgan holda avval e’lon qilingan elektr energiyasi ta’minotiga oid kiritilgan qisqa muddatli cheklovlar dekabr oyining 14, 15 hamda 16 sanalarida ham amal qilishini ma’lum qilamiz.

Elektr energiyasi ta’minoti bilan bog’liq har qanday muammoli vaziyatda  “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning tunu kun faoliyati yo’lga qo’yilgan 1154 qisqa raqamli Call-markaziga qo’ng’iroq qilishingiz yoki “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ bilan muloqot kanalining administratoriga  @HET_admin  o’z murojaatingizni yo’llashingiz mumkinligini yana bir bor eslatib o’tmoqchimiz.

Shuningdek, yuqorida keltirilgan “Buxoro HETK” AJ hamda uning tarkibidagi tuman, shahar elektr ta’minoti korxonalari va elektr ta’minoti korxonalari rahbarlarining telefon raqamlariga qo’ng’iroq qilishingiz mumkinligini bildiramiz.

Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so’raymiz.

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ

Bahamjihat, 24 soatlik ish rejimida uzluksiz faoliyat olib borilmoqda.

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ hamda uning tarkibidagi tuman, shahar elektr ta’minoti korxonalari xodimlari kuchaytirilgan rejimda, navbatchilik grafiklari asosida tun-u kun mehnat qilmoqdalar.

Ob-havoning keskin sovib ketishi tufayli joylarda energiya taʼminotida yuzaga kelayotgan nosozliklar tezkorlik bilan bartaraf etilmoqda.

Elektr qurilmalari va tarmoqlarda yuklamaning oshishi natijasida kelib chiqishi mumkin bo’lgan avariyali uzilishlarni tezda aniqlab, ta’mirlash, tiklash ishlarini olib borish uchun jamiyat tomonidan birinchi galdagi zaruriy choralar ko’rilgan. Shuningdek, barcha kuch va vositalar elektr energiyasi ta’minoti uzluksizligini ta’minlashga qaratilgan.

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati

#Jarayon

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ Linyalar xizmatgohi xodimlari tomonidan yuqori kuchlanishdagi havo elektr uzatish tarmoqlarida aniqlangan kamchiliklar bartaraf qilinmoqda. Mutaxassislar balandligi 22 metr bo’lgan tayanchlarga chiqib, ta’mirlash ishlarini olib bormoqdalar.
Takidlash joizki, ayni shu kunlarda diyorimizda kuzatilayotgan ob-havoning injiqliklariga qaramasdan soha xodimlari o’z vazifalarini sidqi dildan bajarib kelmoqdalar. Sovuq kunlarda elektr energiyasiga bo’lgan talab ortishi natijasida elektr qurilmalari va tarmoqlarida yuklama oshib, hududlarda kelib chiqayotgan avariyali uzilishlarni qisqa muddatlarda bartaraf qilish choralari ko’rilmoqda. Buning uchun tunu-kun navbatchilik brigadalari tashkil qilingan bo’lib, maxsus texnikalar shay holatga keltirilgan.

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati

O’zbekiston bosh vaziri o’rinbosari – energetika vaziri Jo’rabek Mirzamahmudov energota’minotdagi uzilishlar yuzasidanizoh berdi.

JO’RABEK MIRZAMAHMUDOV: BU OB-HAVODA REJALI ChEKLOVLAR KIRITMASAK, ERTAGA BUNDAN-DA JIDDIYROQ TALAFOT BO’LIShI MUMKIN.

O’zbekiston bosh vaziri o’rinbosari – energetika vaziri Jo’rabek Mirzamahmudov energota’minotdagi uzilishlar yuzasidan izoh berdi. Uning so’zlariga ko’ra, hozirgi ob-havo sharoiti jiddiyroq talafotlarning oldini olish maqsadida rejali cheklovlar o’rnatishni taqozo etmoqda.

Manba

Qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish hamda mazkur yo‘nalishdagi ishlar samaradorligini oshirish masalalariga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi.

“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti huzuridagi Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish institutida energiya tejovchi texnalogiyalarni joriy qilish, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish hamda mazkur yo‘nalishdagi ishlar samaradorligini oshirish masalalariga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi.

Jarayon tavsilotlari bilan “Buxoro” telekanalining “Diyor yangiliklari” informatsion dasturi orqali tanishishingiz mumkin.

VIDEOLAVHANI KO’RISH

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati