Qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashg‘ulotlari yakunlandi

21-22 avgust kunlari Buxoroda “Boshqaruv organlari, FVDT hududiy quyi tizimlarining aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish bo‘yicha harakatlari” mavzusida qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

Bugun viloyat hokimligida boshqaruv organlari va FVDT xizmatlari ishtirokida qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqi yakunlari bo‘yicha hisobot yig‘ilishi o‘tkazildi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri A.Qo‘ldoshev, viloyat hokimi-fuqaro muhofazasi boshlig‘i B.Zaripov, sektor rahbarlari qatnashdilar.

Tanqidiy ruhda o‘tgan yig‘ilishda qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqi yakunlari yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri A.Qo‘ldoshevning ma’ruzasi tinglandi.

Qayd etilganidek, o‘tgan 2023 yilning 10-11 avgust kunlari Prezidentimizning Buxoro viloyatiga tashrifi doirasida qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlarni o‘tkazish yuzasidan berilgan topshiriqlarga asosan, birinchi bor Buxoro viloyati hududida joylashgan energetika, kommunal, ijtimoiy soha ob’ektlarining kuz-qish mavsumida barqaror ishlashini ta’minlash, aholi va iqtisodiyot tarmoqlariga energiya resurslarini uzluksiz yetkazib berishda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyat va yirik avariyalarni oldini olish hamda bunday vaziyatlarda kam talofatlar bilan bartaraf etishda hamkor tashkilotlarning harakatlari o‘rganilib, baholandi. Bu tajriba respublikaning barcha hududlariga joriy etildi.

21-22 kunlari viloyatning elektr ta’minoti yo‘nalishidagi – elektr energiyasini ishlab chiqarish (quyosh va shamol elektr stansiyalari) va uzatish (milliy elektr tarmoqlari), iste’molchiga tarqatish (hududiy elektr tarmoqlari), gaz ta’minoti yo‘nalishida – gazni qazib olish, uni qayta ishlash, va iste’molchilarga tarqatish (hududgazta’minoti), issiqlik ta’minoti yo‘nalishida – ishlab chiqarish (issiqlik markazlari), issiqlikni yetkazish va tarqatish (uy-joy mulkdorlar shirkati), ichimlik suvi ta’minoti yo‘nalishida – ishlab chiqarish (tozalash inshootlari), ichimlik suvini yetkazish va tarqatish (suv ta’minoti xizmati), ko‘mir ta’minoti yo‘nalishida – yetkazish, saqlash (omborxonalar), tarqatish (omborlar, mahallalar) ob’ektlarida Qo‘mondonlik – shtab o‘quv mashqlari o‘tkazildi.

O‘tkazilgan Qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqining yakunlari bo‘yicha FVDT, ularning mas’ul xodimlari o‘z xizmat vazifalarini bilishlari, uni rasmiylashtirilganligi va taqsimlashtirilganligi o‘rganib chiqilishi lozimligi, ko‘p qavatli uylar, kvartiralariga uyma-uy yurib fuqarolarning gaz, elektr asbob-anjomlarini taftishdash o‘tkazish, nosozlarini qizil ro‘yxatga kiritib, hal etish choralarini ko‘rish zarurligi ta’kidlandi.

Yig‘ilishda qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashg‘ulotlari davomida o‘tkazilgan amaliy tadbirlar hamda maxsus-taktik o‘quv mashqlarida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan vazifalar belgilandi.

Viloyat hokimligi matbuot xizmati

 

QORAKO’L TUMANIDA TARG‘IBOT TADBIRLARI O’TKAZILDI

Ayni kunlarda hududlarda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 16-apreldagi “Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 204-sonli qarorining mazmun-mohiyati yuzasidan ishchi guruh tomonidan hududlarda targ‘ibot tadbirlari tashkil etilmoqda.
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan tuzilgan ishchi guruh a’zolari va «Buxoro HETK» AJning mas’ul xodimlarining navbatdagi manzili Qorako’l tumani “Paxtakor” mahallasi va “Real teks” MCHJ to’qimachilik korxonasi bo’ldi. Uchrashuvda mahalla fuqarolar yig’ini aholisi va MCHJ xodimlariga tushuntirishlar hamda elektr energiyasini tejashga oid bir qancha tavsiyalar berildi.

“Buxoro HETK” AJ Matbuot xizmati

Ark qo’rg’oni oldida viloyatda fuqarolarni kuz-qish mavsumiga tayyorlash, mavsum davomida sodir bo’lishi mumkin bo’lgan favqulodda vaziyatlar va yirik avariyalarning oldini olish hamda yong’in xavfsizligi tadbirlarini yanada samarali tashkil etish yuzasidan ko’rgazmali seminar bo’lib o’tdi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 14 iyundagi “Energiya resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi qarori hamda Vazirlar Mahkamasining shu yil 6 iyuldagi tegishli qarorlari ijrosini samarali ta’minlash yuzasidan bugun, 18 iyul kuni Ark qo’rg’oni oldida viloyatda fuqarolarni kuz-qish mavsumiga tayyorlash, mavsum davomida sodir bo’lishi mumkin bo’lgan favqulodda vaziyatlar va yirik avariyalarning oldini olish hamda yong’in xavfsizligi tadbirlarini yanada samarali tashkil etish yuzasidan ko’rgazmali seminar bo’lib o’tdi. Unda viloyat hokimi Botir Zaripov, sektorlar rahbarlari, kommunal xizmat ko’rsatuvchi tashkilotlar, “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ xodimlari, Buxoro shahridagi mahalla yettiligi vakillari ishtirok etdi.
Tadbir davomida energiya tejamkor texnologiyalar hamda yashil energiya manbalarining afzalliklari, ulardan to’g’ri foydalanish qoidalari haqida yig’ilganlarga batafsil ma’lumot berildi.

Aholining elektr energiya sohasiga oid murojaatlarini o’rganish yuzasidan sayyor qabul o’tkazildi.

📃«Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi» AJ bosh direktori Bahodir Hayotov ishtirokida Qorako’l tumanidagi 2-son kasb-hunar maktabida aholining elektr energiya sohasiga oid murojaatlarini o’rganish yuzasidan sayyor qabul o’tkazildi.
📝 Sayyor qabulda fuqarolarning elektr energiyasi ta’minoti bilan bog’liq barcha murojaatlari tinglandi.
⚡️ Elektr energiyasi iste’molchilaridan kelib tushgan murojaatlarni tezkorlik bilan joyiga chiqib o’rganish hamda qisqa muddatlarda ijobiy yechim topish choralarini ko’rish bo’yicha «Buxoro HETK» AJ mas’ullariga topshiriqlar berildi.

“Buxoro HETK” AJ Matbuot xizmati

ISHCHI GURUH TOMONIDAN TARG‘IBOT TADBIRLARI DAVOM ETMOQDA.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan tuzilgan ishchi guruh a’zolari va «Buxoro HETK» AJning mas’ul xodimlari O’zbekiston Respublakasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 16-apreldagi 204-sonli qaroriga muvofiq Buxoro viloyati aholisi o’rtasida to’lov intizomiga rioya qilinishi bo’yicha hududlarda tushintirish va targ’ibot-tashviqot ishlarini olib bormoqda. Guruh a’zolari bu gal Romitan tumanining “O’ba” hamda “Qahramon” mahalla fuqarolar yig’ini bo’ldi. Shuningdek, ishchi guruh a’zolari oilaviy ishlab chiqarish korxonasi va «O‘zbektelekom» AK Buxoro filialining Romitan tuman bo’limi xodimlari bilan suhbat o’tkazdi va elektr energiyasini tejashga oid o’z tavsiyalarini berdi.

“Buxoro HETK” AJ Matbuot xizmati

“HET BILLING» dasturiy kompleksidan foydalanish bo’yicha o’quv-seminari tashkil etildi.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 24 oktyabrdagi 598-sonli farmoyishiga asosan «UZINFOCOM davlat axborot tizimlarini yaratish va qo’llab-quvvatlash bo’yicha Yagona integrator” MCHJ tomonidan “Hududiy elektr tarmoqlari”AJ ning iste’molchilar elektr energiyasini qayd etish va hisob-kitob qilish bo’yicha yangi «HET BILLING» dasturiy kompleksini ishlab chiqish va joriy etish belgilangan bo’lib, bugungi kunda yangi billing dasturi test rejimida ishga tushirildi.

Kuni kecha “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJda yangi “HET BILLING» dasturiy kompleksidan foydalanish bo’yicha o’quv-seminari tashkil etildi.

Seminarda “EESAM” direktori mutaxassislari so’zga chiqib, seminar ishtikorchilariga yangi dasturiy ta’minotning ishlash tartibi, imkoniyatlari va afzalliklari to’g’risida ma’lumot berdi.

“Buxoro HETK” AJ Matbuot xizmati

“Korrupsiyani oldini olish va unga qarshi kurashish” mavzusida suhbat o’tkazildi.

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJning Korrupsiyaga qarshi kurashish va kompleans nazorati bo’limi mutaxassislari tomonidan jamiyat tarkibidagi Romitan tuman elektr ta’minoti korxonasi xodimlari bilan uchrashuv o’tkazilib, “Korrupsiyani oldini olish va unga qarshi kurashish” mavzusida suhbat o’tkazildi. Tadbirda korrupsiya taraqqiyot ildiziga bolta uruvchi jirkanch illat bo’lib, unga qarshi kurashish va jamiyatda qonun ustuvorligini ta’minlash barchamizning sharafli burchimiz ekanligi ta’kidlanib, joriy yilning o’tgan davri mobaynida tizimda sodir bo’lgan holatlar haqida alohida to’xtalib o’tildi.
Shuningdek, bugungi kunda hukumatimiz tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish va uni oldini olishga doir ishlab chiqilgan qaror va farmonlarning mazmun mohiyati batafsil tushintirib berildi va soha xodimlari ogohlikka chaqirildi.

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati

⚽️Buxoroda “Rais kubogi” sport musobaqasi o’tkazildi.

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ hamda uning tarkibidagi tuman, shahar elektr ta’minoti korxonalari xodimlari oʻrtasida sportni ommalashtirish va sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish maqsadida “Rais kubogi” uchun sportning mini – futbool turi bo’yicha musobaqa tashkillashtirildi.

Jamiyatning bo’lim, xizmatgohlari va elektr ta’minoti korxonalari xodimlaridan iborat 16 ta jamoa vakillari g’oliblik uchun kurash olib bordilar. Yakunda o’zining irodali va tartibli o’yini bilan Olot tuman elektr ta’minoti korxonasi xodimlaridan iborat jamoa birinchi o’rinni qo’lga kiritdi. Shuningdek, turli xildagi nominatsiyalar bo’yicha eng yaxshilar ham saralandi va korxonaning esdalik sovg’alari bilan taqdirlandi.

“Buxoro HETK” AJ Matbuot xizmati