«Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi» AJ jamoasi barchangizni mehr-oqibat, ezgulik va saxovat ayyomi — Ramazon hayiti bilan samimiy muborakbod etadi!
Ushbu ulug‘ kunda Sizlarga sihat-salomatlik, baxt-saodat, xonadonlaringizga fayzu baraka tilaymiz. Barcha ezgu niyat va duolar ijobat bo‘lsin!
Bugungi kunda yurtimizda elektr energiyasini ishlab chiqarishda qayta tiklanuvchi energiya manbalari imkoniyatlaridan to’laqonli foydalanish borasida keng ko’lamli ishlar olib borilmoqda. Xususan, jismoniy hamda yuridik shaxslar tomonidan o’rnatilayotgan quyosh panellari uchun qulay va istiqbolli shart – sharoitlar yaratib berilgan. Albatta yashil energiya manbalarini joriy qilib, undan samarali foylanib kelayotgan fuqarolar soni tobora ortib bormoqda. Bu boradagi ishlarni yanada jadallashtirish, aholiga quyosh panellarining afzalliklari va davlatimiz tomonidan berilayotgan imtiyozlar haqida tushuntirishlar berish maqsadida hamkor tashkilotlar bilan birgalikda joylarda targ’ibot tadbirlari o’tkazilmoqda.
Joriy yilning 5-mart kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha eng muhim vazifa va maqsadlar belgilab berildi. Unda mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish bo‘yicha keskin choralar ko‘rilishi, har bir davlat xizmatchisi hamda fuqaroning bu illatga qarshi kurashishda mas’ulyatini yanada oshirishga chuqur e’tibor qaratildi. Shu munosabat bilan elektr energetikasi sohasini korrupsiyadan holi tizimga aylantirish, iste’molchilarga xizmat ko’rsatishda xizmat vakolatlarini suiste’mol qilmaslik va shaffoflikni ta’minlash borasida joylarda uchrashuvlar o’tkazilmoqda.
⚡️ “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ rahbariyati ishtirokida Peshko’ tumanidagi “Deycha” mahalla fuqarolar yig’ini binosida aholining elektr energiya sohasiga oid murojaatlarini o’rganish yuzasidan sayyor qabul o’tkazildi. 📝 Sayyor qabulda fuqarolarning elektr energiyasi ta’minoti bilan bog’liq barcha murojaatlari tinglandi. Shuningdek, elektr energiyasi iste’molchilaridan kelib tushgan murojaatlar joyiga chiqib o’rganib, qisqa muddatlarda ijobiy yechim topish choralarini ko’rish bo’yicha mas’ullarga topshiriqlar berildi va ijrosi nazoratga olindi.
Bugun “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJda korrupsiyaning oldini olish hamda ushbu yo‘nalishda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan dolzarb vazifalarga bag’ishlab, kengaytirilgan profilaktik yig‘ilish o‘tkazildi. Unda 2025 yilning o’tgan davri mobaynida tizimda sodir bo’lgan korrupsion holatlar yig’ilish qatnashchilariga o’qib eshittirildi.
“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi”AJda 8-mart “Xalqaro xotin-qizlar kuni” munosabati bilan jamiyatda faoliyat yuritib kelayotgan go’zal va betakror, muhtarama ayollar uchun bayram tadbiri tashkil etildi. Tadbirda jamiyat rahbari tomonidan nafis qalb egalariga jamoadagi mehnati va shijoati uchun chuqur hurmat-ehtirom va ezgu tilaklar bildirildi hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.
Hayot bog’larida tikonlar so’lsin, Umr yo’llaringiz gullarga to’lsin, Nurlarga belandi bu kun zamin ham Qutlug’ ayyomingiz muborak bo’lsin.
Bolam deb g’am chekkan mehribonlarim, Tashvishi bir ummon, quvonchi yarim, Ey, mening jannatiy onajonlarim, Qutlug’ ayyomingiz muborak bo’lsin.
Qalbida dard ammo, yuzlari hushhol, Sabr, bardoshidan mashaqatlar lol Olamni nurafshon aylagan ayol, Qutlug’ ayyomingiz muborak bo’lsin.
2025 yil 28 fevral kuni O‘zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi respublika kengashi raisi o‘rinbosari S. To’xtayev, O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Buxoro viloyati kengashi raisi o’rinbosari H. Beshimovlar boshchiligida tashki etilgan hisobot-saylov konferensiya ishida jamiyat tarkibiy bo‘linmalaridan saylangan 47 nafar delegat ishtirok etdi.
“Buxoro HETK” AJ boshlang‘ich kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisligiga Jamshid Ro’ziyev saylandi.
“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” Ajda Zulfiyaxonim hayoti va ijodini keng targ’ib qilish uchun “Zulfiyaxonim – vafo va sadoqat timsoli” mavzusida “Ma’rifat soati” tashkil etildi. Unda Zulfiyaxonimga bag’ishlab tayyorlangan maxsus videorolik namoyish qilindi. Shuningdek, ma’rifat soatining uzviy davomi sifatida yoshlarni komil va yetuk shaxs bo‘lib yetishishlari uchun ularni turli buzg‘unchi g‘oyalardan asrash maqsadida “Najot – taʼlimda, najot – tarbiyada, najot – bilimda” mavzusida jamiyat xodimlari o’rtasida fikrlar almashildi.