EHNAT (ASKUE) bo'yicha o'quv kurslari (“Samarqand HETK” AJ da).

2016 yilning 24 oktyabridan 4 noyabrgacha “Samarqand HETK” AJda “Elektr energiyasi iste’molini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini tadbiq etish bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Buxoro, Samarqand va Jizzax viloyatlarida 0,4 kV ga ulangan iste’molchilarning elektr energiyasini hisobga olish tizimi” loyihasini tadbiq etish doirasida “O’zbekenergo” AJ xodimlari uchun mo’ljallangan Koreyaning «KT Corporation» kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan o’quv kurslari (mashg’ulotlari) bo’lib o’tdi. O’quv kurslari dasturining maqsadi EHNAT (ASKUE) serverlari xonasidagi qurilmalarni, tarmoq tizimlarini ekspluatatsiya qilish va boshqarish bo’yicha bilim olish va ko’nikmalarini shakllantirishga yo’naltirilgan edi.

O’quv kurslarida “Buxoro HETK” AJ va “Samarqand HETK” AJ ning axborot texnologiyalari va EHNAT (ASKUE) bo’limlari xodimlari qatnashdi. O’quv kurslarini tugatib, test savollariga muvaffaqiyatli javob bergan yuqorida nomi keltirilgan hududiy elektr tarmoqlari korxonasi xodimlariga tegishli sertifikatlar berildi.

askue trainig-1-14102016

EHNAT (ASKUE) elektr hisoblagichlarni o'rnatish bo'yicha ishlar boshlandi.

2016 yilning 17 oktyabridan boshlab EHNAT (ASKUE)ni tatbiq etish doirasida respublikada birinchilardan bo’lib Buxoro viloyati Qorovulbozor tumanining “Bo’ston” qishloq fuqarolar yig’inida eski elektr hisoblagichlar o’rniga yangi EHNAT (ASKUE) tizimiga to’la mos, «KAIFA» kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan elektr hisoblagichlarni o’rnatish ishlari boshlandi. Shu bilan birgalikda ushbu qishloq fuqarolar yig’ini elektr energiya iste’molchilarining elektr tarmoqlari xo’jaligi ham to’liq ta’mirlandi.

EHNAT (ASKUE) tizimiga mos elektr hisoblagichlarni o’rnatishni boshlash jarayonida “Buxoro HETK” AJ rahbariyati va xodimlari, mahalliy hokimiyat vakillari va pudratchi tashkilot – “Koreya Telekom” vakillari qatnashdilar.

Yaqin davr mobaynida Qorovulbozor tumanida, undan keyin esa Buxoro viloyatining qolgan tumanlari elektr energiya iste’molchilarida ham EHNAT (ASKUE) tizimiga mos elektr hisoblagichlarni o’rnatish ishlari rejalashtirilgan.

EHNAT (ASKUE) bo'yicha o'quv kurslari

2016 yilning 3 oktyabridan 14 oktyabrgacha “Buxoro HETK” AJ ning o’quv markazida “Elektr energiyasi iste’molini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini tadbiq etish bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Buxoro, Samarqand va Jizzax viloyatlarida 0,4 kV ga ulangan iste’molchilarning elektr energiyasini hisobga olish tizimi” loyihasini tadbiq etish doirasida “O’zbekenergo” AJ xodimlari uchun mo’ljallangan Koreyaning “Koreya Telekom” kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan o’quv kurslari (mashg’ulotlari) bo’lib o’tdi. O’quv kurslari dasturining maqsadi EHNAT (ASKUE) serverlarini ekspluatatsiya qilish va boshqarish bo’yicha bilim olish va ko’nikmalarini shakllantirishga yo’naltirilgan edi.

O’quv kurslarida “Buxoro HETK” AJ, “Jizzax HETK” AJ va “Samarqand HETK” AJ ning axborot texnologiyalari va EHNAT (ASKUE) bo’limlari xodimlari qatnashdi. O’quv kurslarini tugatib, test savollariga muvaffaqiyatli javob bergan yuqorida nomi keltirilgan hududiy elektr tarmoqlari korxonasi xodimlariga tegishli sertifikatlar berildi.

[print_gllr id=2398]

Go‘zal va betakrorimsan, muqaddas Vatanim, jonim senga fido, O‘zbekistonim!

Go‘zal va betakrorimsan, muqaddas Vatanim, jonim senga fido, O‘zbekistonim!

25_year_oz“Buxoro Hududiy Elektr Tarmoqlari Korxonasi” Aksiyadorlik Jamiyati jamoasi barcha yurtdoshlarimizni O’zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 25 yilligi bayrami bilan chin yurakdan tabriklaydi.

Bugun har birimiz ona Vatan mustaqilligi naqadar qadrli ekanligini chuqur his qilib turibmiz. Istiqlol nashidasi, bayram sururi har biringizni yaxshi niyatlar, ezguliklar sari undayversin. Doimo xonadoningizdan qut-baraka, qalbingizda quvonch, yuzingizdan tabassum arimasin.

Xalqimiz farovonligi, Vatanimiz ravnaqi yo’lida olib borilayotgan ishlaringizda zafarlar tilaymiz. Mustaqilligimiz abadiy bo’lsin!

Tadbirlar

navruz-uzNavro’z – bahor va yangilanish bayrami

Bahor va yangilanish bayrami – “NAVRO’Z” o’lkamizning turli go’shalarida hamon ko’tarinki kayfiyat, shodu-xurramlik bilan nishonlanmoqda. Har bir tashkilot, mahalla, oilaga kirib bormang, ushbu ayyomni zo’r quvonch, totuvlik, to’kinlik, bag’rikenglik bilan o’tkazilayotganiga guvoh bo’lasiz. Ana shunday fayzli tadbir 2016 yil 19 mart kuni “Buxoro Hududiy Elektr Tarmoqlari korxonasi” AJ da NAVRO’Z AYOMI juda katta tantanaga aylandi. Aktsiyadorlik jamiyatining 1700 nafar jamoasi bayramni do’stlik, biradorlik, shodlik va to’kinchilik bilan kutib olishdi. Tadbirni jamiyat bosh direktori Mamatov Raxmatullo Jumaevich ochdi va barcha jamoani bayram bilan tabrikladi.

Shundan keyin korxonaning katta maydonida 21 ta bo’linmalari orasida milliy taomlar, bahor pishiriqlari, milliy saxna bezaklar va lapar va yallalar bilan ko’rik tanlov, palov sayli boshlanib ketdi. Uchta shart asosida belllashuvlar olib borildi “Eng moxir oshpaz tanlovi”,“Bezatilgan bayram dasturxoni tanlovi” va “Eng yaxshi sahna ko’rinishi tanlovi”laridir.

San’atni qoyil qilgan nurchilar

Katta sahnada qo’shiq aytayotgan, raqs tushayotgan korxona ishchilarini haqiqiy san’atkorlardan ajratib bo’lmay qoldi. Maxsus sahna liboslarida andijoncha, xorazmcha raqslarni maromiga etkazib ijro etishdi. Shuningdek, Vatan, ona va mehr-muxabbat haqidagi qo’shiqlar ko’p millatli korxonada faoliyat yuritayotgan ishchilarning o’zaro hamjihatligidan darak beradi.

San’atga qiziquvchilar orasida fol’klor jamoalari tuzildi, lapar, yallalarni qoyilmaqom qilib ijro etishdi. Qiziqchi yigitlarning yuragida o’ti borligi, iste’dodi tomoshabinlarni hayratlantirdi. Ular tayyorlagan bayram dasturi, hazil-mutoyibalar ham kasbimizga doir. Stsenariy pishiq, qiziqarli tuzilgan. Chetdan mutaxassis kelib tuzib bergani yo’q. Bular xammasi o’zimizning yosh shijoatli yigit qizlarimizning chiqishlari edi xolos. Bayramda raqsga tushmagan, xursand bo’lmagan odam qolmadi.

“Eng yaxshi sahna ko’rinishi” tanlovida “Shofirkon elektr ta’minoti korxonasi” 1-o’rinni, 2-o’rin “Qorako’l elektr ta’minoti korxonasi”ga berildi, o’zining ijodkorligi, kulgili sahna ko’rinishlari bilan hammani lol qoldirgan korxona boshqarmasi ayollariga 3-o’rin berildi.

Korxonamizda bayram sayli kechgacha davom etdi. O’zining salohiyati bilan yuksalib borayotgan “Buxoro Hududiy Elektr Tarmoqlari korxonasi” AJdagi ahillik, birdamlik, o’zaro hurmat-e’tiborga har qancha havas qilsa arziydi. Navro’z esa ularning ko’ngliga Vatanga bo’lgan muhabbat, qadimiy bayramlarimizga hurmat, qadriyatlarimizni qadrlash hislarini solgani bilan ahamiyatli bo’ldi. Navro’z bayramini nishonlash davlat siyosati darajasi ko’tarilgani, tariximizga bo’lgan e’tibor, qadriyatlarimiz yuksalayotganining yana bir isbotidir. 3000 yillik o’tmishga ega, milliy g’ururimiz bo’lgan Navro’z yasharish va yashnash fasli bahor kabi qayta-qayta elimizga mehmon bo’laveradi.

To’kinlik, do’stlik abadiy bo’lsin.

Chop etilgan vaqti 22 mart 2016 yil