“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan 5 dona planshet xarid qilinib, korxona Loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish bo’limi mutaxassislariga topshirildi.

Loyihalashtirish ishlarini jadallashtirish, yangidan qurilayotgan elektr uzatish tarmoqlarining loyihalarini tayyorlashda qurilish ishlari amalga oshiriladigan joyga chiqib, shu joyning o’zida boshlang’ich loyiha chizmalarini chizish maqsadida “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan 5 dona planshet xarid qilinib, korxona Loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish bo’limi mutaxassislariga topshirildi.
Barcha planshetlarda Google Earth Pro mobil ilovasi o’rnatilgan bo’lib, mobil ilova Davlat dasturlari asosida yangidan quriladigan elektr uzatish tarmoqlari joylarining geolokasiyasini aniqlash, joyida elektron haritaga tushirish va yangidan quriladigan elektr tarmoqlarining uzunligini baholashda qo’l kelmoqda.

Yaratib berilayotgan munosib mehnat sharoitlari xodimlarda mamnunlik hissini uyg’otishi bilan bir qatorda o’z vazifalarini mas’uliyat bilan ado etishga undaydi va mehnat samaradorligini oshishiga xizmat qiladi.

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati