Bilimdonlar bellashuvi natijalari

Avval xabar berganimizdek “Buxoro HETK” AJ tomonidan Navro‘z umumxalq bayramini yuqori saviyada o‘tkazish uchun jamiyat tarkibidagi bo’lim va xizmatgohlar, hamda elektr ta’minoti korxonalarida faoliyat yuritib kelayotgan yoshlarni rag’batlantirish, ularni kasbiy mahoratini oshirish, bilimlarini sinovdan o’tkazish, sohadagi talabchan, intiluvchan, shijoatli yosh mutaxassis kadrlar zahirasini yaratish maqsadida bilimlar bellashuvi tadbiriga start berilgan edi. Uch bosqichda o’tkazilgan bellashuvda 20 tadan iborat guruhlar ichidan kuchlilari saralandi. Yakunda o’zining bilim va salohiyatini namoyon qilgan Buxoro shahar elektr ta’minoti korxonasi yoshlari iroda ko’rsatib, birinchi o’ringa sazovor bo’ldi. Bellashuv reglamentiga ko’ra eng yaxshi bilimdon nominatsiyasida ham g’olib  aniqlanib, esdalik sovg’alar bilan taqdirlandi.

Yakunda soha xodimlari kasbiy mahoratini yanada oshirish maqsadida bu kabi bellashuvlarni tez-tez o’tkazish bo’yicha jamiyat rahbariyati tomonidan chora-tadbirlar belgilandi.