QAROR IJROSI TA’MINLANMOQDA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 23 sentyabrdagi “Kambagʻallikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-330 sonli qarori asosida hududlar elektr energiyasi ta’minotini yanada yaxshilash borasida “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan qurilish va montaj ishlari bajarilmoqda.

Jumladan, Romitan tumaning “Dehcha” MFY hududlarida qizg’in ish jarayonlari olib borilmoqda. Mazkur mahallada 3000 metr uzinlikdagi havo tarmog’ini qurish va 2 dona quvvati 160 kVA bo’lgan tarnsformator punktini o’rnatish rejalashtirilgan. Ayni kunlarda 0.4 kVli elektr uzatish tarmog’ini qurish uchun 70dan ortiq mustahkam temir-beton tayanchlar rostlandi. Hududda amalga oshirilishi lozim bo’lgan vazifalarni tez va sifatli qilib bajarish uchun 12 ta xodimdan iborat 3 ta brigada, 5 ta maxsus texnika ishga jalb qilingan.

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati

Obod bõlayotgan manzillar

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kambag’allikdan farovonlik sari dasturini amalga oshirish bo’yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to’g’risida”gi PQ-330 sonli qaroriga binoan “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan amaliy ishlari olib borilmoqda. Shuningdek, elektr energiyasi iste’molchilarini uzluksiz va me’yor darajasidagi elektr energiyasi bilan ta’minlash uchun reja asosida transformator punktlari va elektr uzatish tarmoqlarida mukammal ta’mirlash ishlari bajarilmoqda.

Jarayon tavsilotlari bilan “O’zbekiston 24″ telekanalining “Maxsus reportaj” informatsion dasturi orqali tanishishingiz mumkin.

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati

Kalkulyator

Ma’lumki, О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Yoqilg‘i-energetika resurslari iste’molchilarini qо‘llab-quvvatlash maqsadida 2024-2025 yillarda yoqilg‘i-energetika resurslari narxlarining bosqichma-bosqich о‘zgarish grafigiga о‘zgartishlar va qо‘shimcha kiritish haqida” 194-son qarori qabul qilindi.

Hujjatga asosan 201 kVt·soatdan 1000 kVt·soatgacha bо‘lgan differensiallashgan tarif bо‘yicha iste’mol miqdori orasiga yangi miqdor kiritilmoqda. YA’ni 2025 yil 1 maydan e’tiboran aholi iste’molchilari 201 kVt·soatdan 500 kVt·soatgacha bо‘lgan yangi miqdor oralig‘ida har bir kilovatt·soat uchun 800 sо‘mdan tо‘laydi.

Iste’molchilar uchun “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan joriy yilning 1-may sanasidan boshlab amal qiladigan yangi tariflarni hisoblash uchun “Elektr energiyasining iste’mol qilish kalkulyatorini” yangilandi.

Kalkulyatordan jamiyatning rasmiy veb-sayti va “HET BILLING mobil ilovasi orqali fodalanish mumkin.

#Jarayon

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJning hisobida 95 dona podstansiyalar mavjud bo’lib, joriy yilda 10 dona podstansiyani mukammal, 85 dona podstansiyani joriy ta’mirlash ishlari rejalashtirilgan. Ayni kunlarda Podstansiyalar xizmatgohi xodimlari tomonidan reja asosida joylardagi podstansiyalarning holati o’rganilib, aniqlangan kamchiliklar bartaraf qilinmoqda. Ish samaradorligini oshirish uchun hududlar kesimida ta’mirlash brigadalari tashkillashtirilgan bo’lib, podstansiyalarda obodonlashtirish, elektr qurilmalari va o’chirib, yoqish uskunalarini ta’mirlash, estetik holatini yaxshilash, moy sathini me’yor darajasiga keltirish, qizishini oldini olish hamda ulanish nuqtalarini ko’rikdan o’tkazish ishlari bajarilmoqda hamda sinovdan o’tkazilmoqda.

“Buxoro HETK” AJ Matbuot xizmati

Seminar

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 1-aprelda “Yoqilg’i – energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish va behuda sarflanishining oldini olish hamda energiya samaradorligini oshirish bo’yicha chora-tadbirlarni takomillashtirish to’g’risida”gi PQ 133 sonli qarori imzolangan bo’lib, unda iqtisodiy tarmoqlarda, davlat idoralarida va ijtimoiy soha obyektlarida hamda aholi xonadonlarida energiya tejamkorligi, samaradorligini yanada oshirish borasida bir qator vazifalar belgilangan.

Mazkur qarorning mazmun-mohiyatini aholi va soha xodimlariga tushuntirish, keng targ’ib etish maqsadida hamkor tashkilotlar bilan Kasbiy ko’nikmalar markazida seminar tashkil etildi. Unda soha vakillari so’zga chiqib, resurslardan to’g’ri foydalanish, tejamkorlik qoidalariga rioya etish va energotejamkor qurilmalarning qulayliklari haqida tushuntirish berishdi. Seminar ishtirokchilarning savollari tinglanib, fikr va mulohazalar bildirildi.

“Buxoro HETK” AJ Matbuot xizmati

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kambag’allikdan farovonlik sari dasturini amalga oshirish bo’yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to’g’risida”gi PQ-330 sonli qaroriga binoan qurilish ishlari olib borilmoqda.

G’ijduvon tumani elektr energiyasi iste’molchilarini uzluksiz va me’yor darajasidagi elektr energiyasi bilan ta’minlash uchun O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kambag’allikdan farovonlik sari dasturini amalga oshirish bo’yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to’g’risida”gi PQ-330 sonli qaroriga binoan qurilish ishlari olib borilmoqda. Shuningdek, reja asosida transformator punktlari va elektr uzatish tarmoqlarida mukammal ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda.

Jarayon tavsilotlari bilan “Buxoro” telekanalining “Diyor yangiliklari” informatsion dasturi orqali tanishishingiz mumkin.

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati

Yangi qaror: 1-maydan 201 kVt⋅soatdan 500 kVt⋅soatgacha elektr energiyasiga 900 so‘mdan emas, 800 so‘mdan to‘laysiz

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Yoqilg‘i-energetika resurslari iste’molchilarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida 2024-2025-yillarda yoqilg‘i-energetika resurslari narxlarining bosqichma-bosqich o‘zgarish grafigiga o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritish haqida” 194-son qarori qabul qilindi.

Davlatimiz rahbarining topshiriqlariga muvofiq ishlab chiqilgan mazkur qaror bilan Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 16-apreldagi 204-son qarori bilan tasdiqlangan 2024-2025-yillarda yoqilg‘i-energetika resurslari narxlarining bosqichma-bosqich o‘zgarish grafigiga aholi uchun yengillik yaratadigan o‘zgartishlar kiritilmoqda.

Masalan, yoqilg‘i-energetika resurslari narxlarining oshishi muddati 1-apreldan 1-may sanasiga ko‘chirildi.

Qolaversa, 201 kVt·soatdan 1000 kVt·soatgacha bo‘lgan differensiallashgan tarif bo‘yicha iste’mol miqdori orasiga yangi miqdor kiritilmoqda. Ya’ni 2025-yil 1-maydan e’tiboran aholi iste’molchilari 201 kVt·soatdan 500 kVt·soatgacha bo‘lgan yangi miqdor oralig‘ida har bir kilovatt·soat uchun 800 so‘mdan to‘laydi (shu paytgacha 201 kVt·soatdan 1000 kVt·soatgacha bo‘lgan qismi uchun 900 so‘mdan haq to‘langan).

Aytish joizki, bir oyda o‘rtacha 500 kVt·soat miqdorida elektr energiyasi sarflaydigan xonadon vakillari buning uchun 2025-yilning 1-may sanasiga qadar 360 ming so‘m to‘lashardi (200 kVt·soat bazaviy norma uchun 90 ming so‘m, 201 kVt·soatdan 500 kVt·soat uchun 270 ming so‘m). Tarif o‘zgarishlaridan so‘ng bir oyda o‘rtacha 500 kVt·soat tok ishlatadigan xonadon buning uchun… 360 ming so‘m to‘laydi (200 kVt·soat bazaviy norma uchun 120 ming so‘m, 201 kVt·soatdan 500 kVt·soat uchun 240 ming so‘m). Ya’ni ular uchun narx oshayotgani yo‘q.

Bundan tashqari, qaror bilan elektr energiyasi va tabiiy gaz narxlari har yili 1-maydan bir marotaba yillik inflyatsiya darajasidan kelib chiqqan holda 10 foizdan yuqori bo‘lmagan miqdorda indeksatsiya qilib borilishi belgilanmoqda.

Hududlarda elektr ta’minoti yaxshilanmoqda

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kambag’allikdan farovonlik sari dasturini amalga oshirish bo’yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to’g’risida”gi PQ-330 sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan keng ko’lamli ishlar olib borilmoqda.

Jarayon tavsilotlari bilan “Buxoro” telekanalining “Diyor yangiliklari” informatsion dasturi orqali tanishishingiz mumkin.

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati

⚡️Isitish mavsumida ehtiyojmand oilalarga 1 million so‘m miqdorida bir martalik yordam beriladi

2025/2026-yilgi isitish mavsumida aholining ehtiyojmand qatlamini qo‘shimcha moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash maqsadida joriy yilning noyabr oyida quyidagi oilalarga 1 million so‘mdan bir martalik moddiy yordam ajratiladi (https://t.me/uzauz/15219):

▫️Reestrlarga kiritilgan oilalarga;

▫️“mahalla yettiligi” xulosasi asosida Reestrlarga kiritilmagan, biroq yordamga muhtoj oilalarga.

Bunda “mahalla yettiligi” tomonidan qo‘shimcha ro‘yxat shakllantirilishida birinchi navbatda, boquvchisini yo‘qotgan oilalar, a’zolari I yoki II guruh nogironi bo‘lgan shaxslardan iborat bo‘lgan oilalar, nogironligi bo‘lgan bolalarni parvarishlayotgan oilalar, uzoq muddatli davolanishni talab etadigan kasalliklar bilan kasallangan shaxslar yashovchi oilalar, o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz yashovchi shaxslar hamda yolg‘iz yashovchi keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar, uch va undan ortiq oila yashaydigan xonadonlarda hamda gaz ta’minoti bo‘lmagan va markazlashtirilgan tartibda isitilmaydigan ko‘p qavatli uylarda yashovchi oilalar inobatga olinadi.

Qo‘shimcha ravishda shakllantiriladigan ro‘yxatdagi oilalar soni Reestrlarga kiritilgan oilalar sonining 40 foizidan oshmasligi lozim

Manba