Brifing

«Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi» AJ bosh muhandisi Zohir Rustamov jamiyat tomonidan olib borilgan mavsumga tayyorgarlik ishlari hamda sovuq ob-havo sharoitida yuzaga kelayotgan muammolarni tezkor bartaraf etish bo’yicha amalga oshirilayotgan choralar to’g’risida jamoatchilikka axborot berdi.

BRIFINGNI KO’RISH

«Buxoro HETK» AJ matbuot xizmati

24_soatlik_navbatchilik_asosida

Buxoro viloyati hududlarida kuzatilayotgan sovuq ob-havo sharoitiga qaramasdan «Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi» AJ tomonidan 24/7 navbatchilik rejimi asosida ish jarayonlari tashkil qilingan. Izg’irinli kunlarda elektr energiyasiga bo’lgan talabning ortishi natijasida yuqori va past kuchlanishdagi elektr uzatish tarmoqlari hamda texnik qurilmalarda kelib chiqishi mumkin bo’lgan avariyali uzilishlar navbatchi brigada xodimlari tomonidan tezkorlik bilan aniqlanib, bartaraf qilish ishlari olib borilmoqda

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati

Elektr energiyasini behuda sarflash javobgarlikka sabab bo‘ladi

Elektr va issiqlik energiyasini behuda sarflash, ya’ni elektr dvigatellaridan, elektr pechlari va boshqa elektr hamda issiqlik uskunalaridan muntazam ravishda, ishlab chiqarish zarurati bo‘lmagan holda to‘liq foydalanmaslik yoki ularni bekorga ishlatib qo‘yish, yoritish uchun elektr energiyasidan xo‘jasizlarcha foydalanish:

➖mansabdor shaxslarga BHM 5 baravaridan 15 baravarigacha (1 mln 650 ming so‘mdan 4 mln 950 ming so‘mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

MAXSUS VIDEOROLIKNI KO’RISH

 

“ISROFGARCHILIKKA YO’L QO’YMAYLIK”

Elektr energiyasidan samarasiz va nooqilona foydalanish, uni behudaga sarflash natijasida qancha elektr energiyasi isrof bo’lishini bilasizmi?.

Hurmatli yurtdoshlar, har birimiz xonadonimiz yoki ish joyimizda elektr energiyasidan oqilona hamda tejamkorlikka rioya qilgan holda foydalanishimiz zarur. Bu orqali Vatanimiz iqtisodiyotining yanada ravnaq topishi va energotizimning barqaror va samarali ishlashiga o’z hissamizni qo’shgan bo’lamiz.

MAXSUS VIDEOROLIKNI KO’RISH

«Buxoro HETK» AJ matbuot xizmati

HAR BIR ISHNI XAVFSIZ TASHKIL ETISH LOZIM.

Buxoro shahar elektr ta’minoti korxonasining xodimlari bilan ish jarayonlarinida “Elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalari”ga qat’iyan amal qilish, xavfsiz ish sharoitlarini tashkil etish, doimo xushyor holatda ta’mirlash ishlarini bajarish, shu bilan bir qatorda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan baxtsiz hodisalarni oldini olishga qaratilgan yo’riqnoma o’tkazildi. Shuningdek, tizimda sodir bo’lgan baxtsiz hodisalarning tafsilotlari xodimlar bilan birgalikda ishlab chiqildi va maxsus tayyorlangan videoroliklar namoyish qilindi.
Masullar tomonidan har bir xodimning salomatligi, ish jarayonlarini xavfsiz bajarib, oilasi bag’riga eson-omon qaytib borishi muhumligi ta’kidlandi.

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati

Iste’molchilardan kelib tushayotgan murojaatlarga ijobiy yechim topish borasida keng ko’lamli ishlar olib borilmoqda

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan viloyatimiz aholisi va tadbirkorlarini barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash, kuz-qish mavsumini betalofat o’tkazish, iste’molchilardan kelib tushayotgan murojaatlarga ijobiy yechim topish borasida keng ko’lamli ishlar olib borilmoqda.

Jarayon tavsilotlari bilan “Buxoro» telekanalining «Maxsus reportaj” informatsion dasturi orqali tanishishingiz mumkin.

MAXSUS REPORTAJNI KO’RISH

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati

Peshko’ tumani iste’molchilarini uzluksiz va sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida qurilish va montaj ishlari amalga oshirilmoqda

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan viloyatimiz aholisi va tadbirkorlarini barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash, kuz-qish mavsumini betalofat o’tkazish uchun keng ko’lamli ishlar olib borilmoqda. Jumladan, viloyatimizning Peshko’ tumani iste’molchilarini uzluksiz va sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida qurilish va montaj ishlari amalga oshirilmoqda.
Jarayon tavsilotlari bilan “Buxoro» telekanalining «Diyor yangiliklari” informatsion dasturi orqali tanishishingiz mumkin.

REPORTAJNI KO’RISH

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati