Podstasniyasida joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda.

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ Podstansiyalar xizmatgohi xodimlari tomonidan Jondor tumanida joylashgan yuqori kuchlanishdagi “Jondor” 110/35/10 kV podstasniyasida joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda. Podstansiyada obodonlashtirish, estetik holatini yaxshilash, elektr qurilmalarni bo‘yoqlash hamda qizishini oldini olish, ulanish nuqtalarini ko’rikdan o’tkazish va mahkamlash, sozlash, podstansiyalardagi kuch transformatorini moy sathini me’yor holatga keltirish ishlari olib borilmoqda.

“Buxoro HETK” AJ Matbuot xizmati