INFOGRAFIKA

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan 2023 yilda 4 mingdan ortiq murojaatlar hal etilgan.
«Buxoro HETK» AJ matbuot xizmati

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan 2023 yilda 4 mingdan ortiq murojaatlar hal etilgan.
«Buxoro HETK» AJ matbuot xizmati



Elektr energiyasi yetkazib berishda baxtsiz hodisalarning oldini olish, ushbu jarayonda xodimlarning elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalarning tashkiliy va texnik tadbirlariga tо‘liq rioya qilishlari salomatlik garovidir!
«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ barcha tuman elektr taʼminoti korxona xodimlariga har bir ish kuni avvalida texnika xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilingan holda bajarilishi borasida tushintirish ishlari olib borilib, maxsus yo‘riqnomadan o‘tkaziladi va ish jarayonlarida foydalanishlari uchun ajratilgan himoya vositalari navbatdan tashqari ko‘rikdan o‘tkazialdi.
Zero, bularning barchasi sohada mehnat qilayotgan ishchi-xodimlarning xavfsiz ishlashini ta’minlashga qaratilgan.





«Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi» AJ bayram kunlarida ham isteʼmolchilarga uzluksiz elektr energiyasi yetkazib berish maqsadida navbatchilik asosida 24 soatlik ish faoliyatini olib bormoqda.
“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati

Assalomu aleykum qadrli yurtdoshlar!
Barchangizni kirib kelayotgan yangi 2024 yil bilan samimiy muborakbod etamiz. Yangi yil xonadoningizga fayzu – baraka, quvonch va shodlik, dasturxoningizga to’kin sochinlik olib kelsin. Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, umringiz uzun, qalbingiz hamisha butun, chehrangiz porloq bo’lsin. Shirin orzular ro’yobini ko’rish barchamizga nasib etsin.
Mamnuniyat ila,
“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ





Buxoro shahar “Muxtor Ashrafiy” mahalla fuqarolar yig’ini Zebiniso ko’chasi aholisining elektr energiyasi ta’minotini yaxshilash maqsadida 0.4 kVli elektr uzatish tarmog’ini yangilash ishlari olib borilmoqda. Buning uchun hududga olib kelingan 10 dona mustahkam temir beton tayanchlar o’rnatilmoqda.
“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati




“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJda samarali faoliyat yuritib kelayotgan, soha rivoji yo’lida mehnati singgan jamiyat xodimlari tashakkurnoma va esdalik sovg’alar bilan taqdirlandilar.
Yana bir ahamiyatli tomoni shundaki, Mustaqil davlatlar hamdoʻstligiga a’zo davlatlarning elektr energetikasini rivojlanishidagi ulkan xizmatlari uchun maxsus tayyorlangan “MDHda xizmat ko’rsatgan energetik” faxriy unvoni bilan sohada ko’p yillar xizmat qilgan Ruhillo Sharipov taqdirlandi.
Ushbu mukofot egalarini “Buxoro HETK” AJ jamoasi nomidan muborakbod etamiz va yutuqlari bardavom bo’lishini tilab qolamiz.
“Buxoro HETK” AJ Matbuot xizmati.

⚡️ ☎️ “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ hamda uning tarkibidagi tuman va shahar elektr ta’minoti korxonalari va elektr ta’minoti korxonalari rahbarlarining telefon raqamlari.
Elektr energiyasi iste’molchilariga yanada qulaylik yaratish maqsadida har bir tuman va shahar elektr ta’minoti korxonalariga qo’shimcha telefon raqamlari ishga tushurildi.

Buxoro viloyatida energetika tarmog‘ida modernizatsiya, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik hamda tejamkorlik va samarradorlik ishlari yuzasidan “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan bir qator ishlar amalga oshirildi.
Jarayonlar bilan “O‘zbekiston 24” telekanalining “Maxsus reportaj” tahliliy dasturi xabar beradi.

«Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi» AJ bosh muhandisi Zohir Rustamov jamiyat tomonidan olib borilgan mavsumga tayyorgarlik ishlari hamda sovuq ob-havo sharoitida yuzaga kelayotgan muammolarni tezkor bartaraf etish bo’yicha amalga oshirilayotgan choralar to’g’risida jamoatchilikka axborot berdi.
«Buxoro HETK» AJ matbuot xizmati



Buxoro viloyati hududlarida kuzatilayotgan sovuq ob-havo sharoitiga qaramasdan «Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi» AJ tomonidan 24/7 navbatchilik rejimi asosida ish jarayonlari tashkil qilingan. Izg’irinli kunlarda elektr energiyasiga bo’lgan talabning ortishi natijasida yuqori va past kuchlanishdagi elektr uzatish tarmoqlari hamda texnik qurilmalarda kelib chiqishi mumkin bo’lgan avariyali uzilishlar navbatchi brigada xodimlari tomonidan tezkorlik bilan aniqlanib, bartaraf qilish ishlari olib borilmoqda
“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati