Yangi yilingiz bilan!

Assalomu aleykum qadrli yurtdoshlar!

Barchangizni kirib kelayotgan yangi 2024 yil bilan samimiy muborakbod etamiz. Yangi yil xonadoningizga fayzu – baraka, quvonch va shodlik, dasturxoningizga to’kin sochinlik olib kelsin. Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, umringiz uzun, qalbingiz hamisha butun, chehrangiz porloq bo’lsin. Shirin orzular ro’yobini ko’rish barchamizga nasib etsin.

Mamnuniyat ila,
“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ

Bir guruh soha zahmatkashlarining mehnatlari e’tirof etildi.

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJda samarali faoliyat yuritib kelayotgan, soha rivoji yo’lida mehnati singgan jamiyat xodimlari tashakkurnoma va esdalik sovg’alar bilan taqdirlandilar.
Yana bir ahamiyatli tomoni shundaki, Mustaqil davlatlar hamdoʻstligiga a’zo davlatlarning elektr energetikasini rivojlanishidagi ulkan xizmatlari uchun maxsus tayyorlangan “MDHda xizmat ko’rsatgan energetik” faxriy unvoni bilan sohada ko’p yillar xizmat qilgan Ruhillo Sharipov taqdirlandi.
Ushbu mukofot egalarini “Buxoro HETK” AJ jamoasi nomidan muborakbod etamiz va yutuqlari bardavom bo’lishini tilab qolamiz.

“Buxoro HETK” AJ Matbuot xizmati.

“Buxoro HETK” AJ hamda uning tarkibidagi tuman va shahar ETK va ular rahbarlarining telefon raqamlari

⚡️ ☎️ “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ hamda uning tarkibidagi tuman va shahar elektr ta’minoti korxonalari va elektr ta’minoti korxonalari rahbarlarining telefon raqamlari.
Elektr energiyasi iste’molchilariga yanada qulaylik yaratish maqsadida har bir tuman va shahar elektr ta’minoti korxonalariga qo’shimcha telefon raqamlari ishga tushurildi.

Brifing

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ bosh muhandisi Zohir Rustamov jamiyat tomonidan olib borilgan mavsumga tayyorgarlik ishlari hamda sovuq ob-havo sharoitida yuzaga kelayotgan muammolarni tezkor bartaraf etish bo’yicha amalga oshirilayotgan choralar to’g’risida jamoatchilikka axborot berdi.

BRIFINGNI KO’RISH

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati

24_soatlik_navbatchilik_asosida

Buxoro viloyati hududlarida kuzatilayotgan sovuq ob-havo sharoitiga qaramasdan “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan 24/7 navbatchilik rejimi asosida ish jarayonlari tashkil qilingan. Izg’irinli kunlarda elektr energiyasiga bo’lgan talabning ortishi natijasida yuqori va past kuchlanishdagi elektr uzatish tarmoqlari hamda texnik qurilmalarda kelib chiqishi mumkin bo’lgan avariyali uzilishlar navbatchi brigada xodimlari tomonidan tezkorlik bilan aniqlanib, bartaraf qilish ishlari olib borilmoqda

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati

Elektr energiyasini behuda sarflash javobgarlikka sabab bo‘ladi

Elektr va issiqlik energiyasini behuda sarflash, ya’ni elektr dvigatellaridan, elektr pechlari va boshqa elektr hamda issiqlik uskunalaridan muntazam ravishda, ishlab chiqarish zarurati bo‘lmagan holda to‘liq foydalanmaslik yoki ularni bekorga ishlatib qo‘yish, yoritish uchun elektr energiyasidan xo‘jasizlarcha foydalanish:

➖mansabdor shaxslarga BHM 5 baravaridan 15 baravarigacha (1 mln 650 ming so‘mdan 4 mln 950 ming so‘mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

MAXSUS VIDEOROLIKNI KO’RISH

 

“ISROFGARCHILIKKA YO’L QO’YMAYLIK”

Elektr energiyasidan samarasiz va nooqilona foydalanish, uni behudaga sarflash natijasida qancha elektr energiyasi isrof bo’lishini bilasizmi?.

Hurmatli yurtdoshlar, har birimiz xonadonimiz yoki ish joyimizda elektr energiyasidan oqilona hamda tejamkorlikka rioya qilgan holda foydalanishimiz zarur. Bu orqali Vatanimiz iqtisodiyotining yanada ravnaq topishi va energotizimning barqaror va samarali ishlashiga o’z hissamizni qo’shgan bo’lamiz.

MAXSUS VIDEOROLIKNI KO’RISH

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati