MAVSUMGA TAYYORGARLIK ISHLARI NAZORATDAN O‘TKAZILDI

Energetika vaziri maslahatchisi D.Isakulov tomonidan Buxoroda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayoni yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida hududlarda amalga oshirilayotgan ishlar, elektr energetikasi infratuzilmasining texnik holati, mavjud muammolar va mavsumga tayyorgarlik doirasida belgilangan chora-tadbirlar joyiga chiqqan holda ko‘zdan kechirildi.
Xususan, podstansiyalarda olib borilayotgan modernizatsiya va yangilash ishlari, elektr qurilmalarining texnik holati va ularning imkoniyatlari o‘rganilib, qurulish ishlarini jadallashtirish va muhim talablar asosida qurib bitkazish bo’yicha ko’rsatmalar berildi.

Yakunda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, mavjud muammolarga tezkor yechim topish, elektr tarmoqlari va qurilmalarining ishonchli va barqaror ishlashini ta’minlash, iste’molchilarning elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojini to’la qondirish yuzasidan mas’ul xodimlarga muhim tavsiyalar berildi.

Vobkentda elektr ta’minoti yaxshilanmoqda

Aholi turmush sharoitini yaxshilash, elektr energiyasi ta’minoti barqarorligini oshirish maqsadida “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan Vobkent tumanida keng ko‘lamli modernizatsiya va yangilash ishlari amalga oshirildi.

Jumladan, “Xayrobod”, “Teraklik”, “Rozmoz” va “Chorbog‘kent” mahalla fuqarolar yig‘inlarida eskirgan simyog‘ochlar o‘rniga mustahkam temir-beton tayanchlari o‘rnatildi. Shuningdek, 6 200 metr uzunlikdagi zamonaviy himoyalangan SIP kabellari tortilib, har biri 250 kVA quvvatga ega 8 ta yangi transformator punkti foydalanishga topshirildi.

Amalga oshirilgan ishlar natijasida mazkur mahallalardagi 3 mingdan ortiq xonadonning elektr ta’minoti yaxshilanib, aholiga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berish imkoniyatlari kengaydi.

Xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya etish — har bir xodimning hayoti, salomatligi va ish samaradorligining muhim kafolatidir.

Elektr energetikasi sohasida xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya etish — har bir xodimning hayoti, salomatligi va ish samaradorligining muhim kafolatidir.

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ mas’ul xodimlari tomonidan elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilish jarayonida xavfsizlik talablariga rioya etilishi yuzasidan doimiy ravishda o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
O‘rganishlar davomida elektr qurilmalarida ish olib borayotgan xodimlarning mehnat va texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilinayotganligi, ish joylarining belgilangan talablar asosida tayyorlanganligi, zarur himoya vositalari bilan ta’minlanganligi hamda xavfsiz mehnat sharoitlari yaratilganligi atroflicha ko‘zdan kechirilmoqda.
Shuningdek, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarning oldini olish, xodimlarning hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Infografika

oriy yilning o‘tgan davri mobaynida Davlat dasturlari doirasida “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan elektr uzatish tarmoqlari va qurilmalarni modernizatsiya qilish, yangilash borasida amalga oshirilgan ishlar bilan infografika orqali tanishing!

Barqaror elektr ta`minoti_sari

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan sayyohlarning sevimli maskani Buxoroning eski shahar hududida elektr ta’minoti ishonchliligini oshirish uchun yangilash ishlari olib borilmoqda.
Xususan, hududdagi iste’molchilarni barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash, mavjud tarmoqlarning texnik holatini yaxshilash maqsadida “Humo-1” va “Humo-2” 6 kVli elektr uzatish tarmoqlari yangilanmoqda.
Ayni paytda loyiha doirasida 4 500 metr uzunlikdagi yer osti kabel tarmoqlari yotqizildi.

Mazkur ishlar yakunlangach:
🔹 Eski shahar hududidagi elektr ta’minoti ishonchliligi yanada oshadi;
🔹 Elektr tarmoqlarining tashqi ta’sirlarga chidamliligi kuchayadi;
🔹 Texnik yo‘qotishlar va avariyaviy uzilishlarning oldini olish imkoniyatlari kengayadi;
🔹 Aholi, tadbirkorlik subyektlari, sayyohlik infratuzilmasi uchun yanada qulay sharoit yaratiladi.

Videolavhani ko’rish

Modernizatsiya

Quvvat oshmoqda, imkoniyatlar kengaymoqda, barqaror elektr ta’minoti sari dadil qadamlar tashlanmoqda!
Elektr energiyasiga bo‘lgan talab ortib borayotgan bir paytda, tarmoqlar quvvatini oshirish va mavjud infratuzilmani modernizatsiya qilish muhim ahamiyat kasb etadi.
Shu maqsadda, Buxoro shahridagi “Moxixossa” 35/10 kV podstansiyaga 10 000 kVA quvvatga ega yangi kuch transformatori o‘rnatildi.
Mazkur yangilanish elektr xo‘jaligi imkoniyatlarini kengaytirish, iste’molchilarga yanada sifatli va uzluksiz elektr energiyasini yetkazib berishga xizmat qiladi.

Yangi transformator:
🔹 Podstansiyaning quvvat imkoniyatlarini oshiradi;
🔹 Elektr tarmoqlaridagi ortiqcha yuklamalarni kamaytirishga xizmat qiladi;
🔹 Texnik yo‘qotishlarning oldini olishga yordam beradi;
🔹 Iste’molchilarning elektr ta’minoti barqarorligini yanada mustahkamlaydi.

Videolavhani ko’rish

MALAKA OSHIRISH VA TEXNIK O’QITISH— DOIMIY E’TIBORDA!

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJda faoliyat yuritayotgan xodimlarning kasbiy salohiyatini yuksaltirish, mehnat xavfsizligini ta’minlash hamda favqulodda vaziyatlarga tayyorgarligini oshirishga alohida e’tibor qaratilib, ularning bilim va malakasini oshirish, xavfsizlik qoidalari talablariga rioya etish bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etilmoqda.

Shu bilan birga, elektr qurilmalarida ishlash jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavf-xatarlarning oldini olish, avariya holatlarida tezkor va to‘g‘ri harakat qilish va yong‘in xavfsizligi qoidalarini amalda qo‘llash ko‘nikmalarini mustahkamlash maqsadida nazariy va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazilmoqda.

Bunday tadbirlar xodimlarning mas’uliyatini oshirish, ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarning oldini olish va elektr ta’minoti tizimining ishonchli ishlashini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

«БИЗДАН ЭШИТИНГ» — РАСМИЙ АХБОРОТНИ БИРИНЧИ МАНБАДАН ОЛИНГ!

🎙Биринчи ишончли ахборот кимда?
Албатта, Матбуот котибларида!

Энди энг долзарб саволларга жавобни бевосита расмий ахборот манбаларидан эшитасиз.

«Биздан эшитинг» — янги подкаст лойиҳаси! Унинг ўзига хос жиҳати шундаки, суҳбатдошларимиз Матбуот котиблари ва Ахборот хизмати масъуллари бўлади.
Бу ерда тахминлар эмас, аниқ маълумотлар, расмий муносабатлар ва ишончли жавоблар берилади.

Илк сон мавзуси: Куз-қиш мавсумига тайёргарлик.
Фавқулодда вазиятлар вазирлиги ва «Ҳудудий электр тармоқлари» масъуллари билан мавсумга тайёргарлик, электр таъминоти, эҳтимолий фавқулодда вазиятлар ва аҳолини қизиқтирган муҳим масалалар хусусида суҳбатлашдик.

Куз-қиш мавсумига тайёргарлик қандай кетмоқда? Қандай чоралар кўрилган? Фуқаролар нималарга эътибор қаратиши керак?
Бу ва бошқа саволларга жавоб — подкастимизнинг биринчи сонида!

«Биздан эшитинг» — миш-мишлардан эмас, биринчи манбадан!

Подкастни ушбу ҳавола орқали кўришингиз мумкин: https://www.youtube.com/watch?v=Bu3ptfVv5vQ

❗️Томоша қилинг, фикр билдиринг ва ўзингизни қизиқтирган саволлар ва келгуси мавзуларга таклифларни изоҳларда қолдиринг!