Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 16 aprelda “Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 204-sonli qarori qabul qilindi.
Qonunchilikka ko‘ra, elektr va issiqlik energiyasini behuda sarflash, ya’ni elektr dvigatellaridan, elektr pechlari va boshqa elektr hamda issiqlik uskunalaridan muntazam ravishda, ishlab chiqarish zarurati bo‘lmagan holda to‘liq foydalanmaslik yoki ularni bekorga ishlatib qo‘yish, yoritish uchun elektr energiyasidan xo‘jasizlarcha foydalanish (https://lex.uz/docs/-97664#-199479):
➖mansabdor shaxslarga BHM 5 baravaridan 15 baravarigacha (1 mln 700 ming so‘mdan 5 mln 100 ming so‘mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
‼️Qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod qilmaydi..
Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash tizimi bo‘yicha davlat organlari va tashkilotlari, shu jumladan, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining 2023-yil davomidagi faoliyatida korrupsiyaga qarshi kurashish mexanizmlar qay darajada samarali amalga oshirilgani baholandi.
Reyting natijalariga ko‘ra «Hududiy elektr tarmoqlari » AJning ko‘rsatgichlari «yaxshi»ga baholandi.
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ barcha elektr energiyasi iste’molchilarini yaqinlashib kelayotgan Navrо‘z ayyomi bilan tabriklagan holda, bayram munosabati bilan e’lon qilingan qo‘shimcha dam olish kunlari (21 -24 mart) davomida qarzdorlik tufayli xonadoningizda elektr energiyasi ta’minotida uzilishlar bo‘lishini oldini olish maqsadida foydalanilgan elektr energiyasi uchun mamlakatimizda mavjud to‘lov tizimlari hamda banklarning mobil ilovalari orqali to‘lovlarni amalga oshirishlari mumkinligini yana bir bor eslatib o‘tadi.
Shuningdek, elektr energiyasidan foydalanish qoidalariga qat’iy amal qilishni, nosoz va nostandart qurilmalardan foydalanmaslikni so‘rab qolamiz.
Ma’lumot uchun: Respublikamizda elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi (ASKUE)ning joriy etilishi munosabati bilan qarzdorlar avtomatik tarzda tarmoqdan ajratiladi.
Ertaga, 13 mart kuni “15-mart Butunjahon iste’molchilari kuni” munosabati bilan “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJning bosh binosida elektr energiyasi iste’molchilari uchun “Ochiq eshiklar kuni” o’tkaziladi.
Barchani » Ochiq eshiklar kuni «ga taklif etamiz.
🗓13.03.2024 🕘14:00-16:00 📍Buxoro sh. Sanoatchilar ko’chasi 1/1 uy
Energetika vazirligining xabariga ko’ra ayni kunlarda elektr energiyasiga nisbatan talabning oshib borishi tufayli mamlakatimiz bo‘ylab, iste’molchilar elektr energiyasi ta’minotida cheklovlar kiritilishiga majbur bo‘linmoqda.
Shu jumladan, energo tizimda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan yirik avariyaviy hodisalarni oldini olish maqsadida Buxoro viloyati hududlariga ham cheklovlar kiritilayotganligini ma’lum qilamiz.
Shu o‘rinda iste’molchilardan tabiiy gaz hamda elektr energiyasidan tejamkorlik bilan foydalanishlarini so‘rab qolamiz. Chunki ishlatilmayotgan elektr uskunalarini tarmoqdan uzib qo‘yish, behuda yonayotgan chiroqlar, reklama yoritkichlari hamda boshqa manbalarni o‘chirib yurish orqali elektr tarmoqlariga tushadigan kuchlanishni kamaytirishimiz, qolaversa, isrofgarchilikning oldini olishimiz mumkin.
⚡️ ☎️ “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ hamda uning tarkibidagi tuman va shahar elektr ta’minoti korxonalari va elektr ta’minoti korxonalari rahbarlarining telefon raqamlari.
Barchangizni kirib kelayotgan yangi 2024 yil bilan samimiy muborakbod etamiz. Yangi yil xonadoningizga fayzu – baraka, quvonch va shodlik, dasturxoningizga to’kin sochinlik olib kelsin. Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, umringiz uzun, qalbingiz hamisha butun, chehrangiz porloq bo’lsin. Shirin orzular ro’yobini ko’rish barchamizga nasib etsin.
Mamnuniyat ila, “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ barcha elektr energiyasi iste’molchilarini yaqinlashib kelayotgan Yangi yil bilan tabriklagan holda, bayram munosabati bilan e’lon qilingan qо‘shimcha dam olish kunlari (30 dekabr – 2 yanvar) davomida qarzdorlik tufayli xonadoningizda elektr energiyasi ta’minotida uzilishlar bо‘lishini oldini olish maqsadida foydalanilgan elektr energiyasi uchun mamlakatimizda mavjud tо‘lov tizimlari hamda banklarning mobil ilovalari orqali tо‘lovlarni amalga oshirishlari mumkinligini yana bir bor eslatib о‘tadi.
Shuningdek, elektr energiyasidan foydalanish qoidalariga qat’iy amal qilishni, nosoz va nostandart qurilmalardan foydalanmaslikni hamda yoritish bezaklarini nazoratsiz qoldirmaslikni sо‘rab qolamiz.
Ma’lumot uchun: Respublikamizda elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi (ASKUE)ning joriy etilishi munosabati bilan qarzdorlar avtomatik tarzda tarmoqdan ajratiladi.
Elektr va issiqlik energiyasini behuda sarflash, ya’ni elektr dvigatellaridan, elektr pechlari va boshqa elektr hamda issiqlik uskunalaridan muntazam ravishda, ishlab chiqarish zarurati bo‘lmagan holda to‘liq foydalanmaslik yoki ularni bekorga ishlatib qo‘yish, yoritish uchun elektr energiyasidan xo‘jasizlarcha foydalanish:
➖mansabdor shaxslarga BHM 5 baravaridan 15 baravarigacha (1 mln 650 ming so‘mdan 4 mln 950 ming so‘mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.