Kutilayotgan anomal sovuq kunlari energotizimda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar belgilab olindi.

 Joriy yilning 4-yanvar kuni Energetika vaziri boshchiligida tizim korxonalari rahbarlari va mas’ul xodimlari ishtirokida videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda kelgusi hafta respublikamiz hududida havo haroratining anomal pasayishi davrida yoqilg‘i-energetika sohasidagi ishlarni to‘g‘ri va tizimli tashkil qilish, iste’molchilarni energiya resurslari bilan barqaror ta’minlash bo‘yicha zarur choralar ko‘rish masalalari muhokama qilindi va qator vazifalar belgilab berildi.

Jumladan, birinchi navbatda aholi va ijtimoiy soha obyektlariga elektr energiyasi, tabiiy va suyultirilgan gaz hamda ko‘mir mahsulotini barqaror yetkazib berish choralari ko‘rilishi ta’kidlandi. Buning uchun:

1. Avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari faoliyatiga kiritilayotgan cheklovlar davom ettiriladi;

2. Yirik ishlab chiqarish korxonalariga tabiiy gaz yetkazib berish hajmi keskin kamaytiriladi;

3. Energotizimdagi yirik iste’molchilarning kunlik elektr energiyasi iste’moli kamaytiriladi va tejalgan 11-12 mln kVt-soat elektr energiyasi aholi iste’moliga yo‘naltiriladi;

4. Energotizimda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan yirik avariyalarni oldini olish, barcha iste’molchilarni bir maromda elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida mahalliy hokimliklar bilan kelishilgan holda tasdiqlangan grafiklarga asosan qisqa muddatli cheklovlar kiritiladi;

5. Elektr energiyasini ishlab chiqaruvchi issiqlik elektr stansiyalari va markazlarning barqaror ishlashini ta’minlash maqsadida kuniga o‘rtacha 49 mln kub metr tabiiy gaz yetkazib beriladi;

6. Bugungi kunda mazkur stansiyalar uchun 90 ming tonna mazut va 280 ming tonna ko‘mir yoqilg‘isi zaxirasi yaratildi;

7. Iste’molchilarga kunlik ko‘mir yetkazib berish hajmi 5000 tonnadan 8000 tonnaga oshiriladi.

Yig‘ilishda sovuq kunlarda elektr energiyasiga bo‘lgan talab ortishi natijasida elektr tarmoqlari va transformator punktlarida ham yuklamalar keskin oshishi ta’kidlandi.

Bunda, dispetcherlar mahalliy hokimliklar va hududiy elektr tarmoqlari korxonalari tomonidan tasdiqlangan cheklov grafiklariga qat’iy amal qilishlari, ya’ni belgilangan muddatdan ortiq cheklovlar kiritmasligi ta’kidlandi.

Ikki soatdan oshmagan vaqt oralig‘ida hududlar kesimida joriy etilayotgan cheklov grafiklari barcha viloyat hududiy elektr tarmoqlari korxonalarining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida e’lon qilib borilishi ta’minlanadi.

Shuningdek, anomal sovuq kunlarida tarmoqlarda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nosozliklarni bartaraf etish uchun elektr va gaz ta’minoti korxonalarida tunu-kun ishlaydigan 1000 dan ortiq maxsus brigada tashkil etildi. Ushbu brigadalar muammolarni tezkorlik bilan bartaraf etilishini ta’minlaydilar.

Iste’molchilar elektr energiyasi ta’minoti yuzasidan 1154 qisqa raqami yoki “Telegram”dagi @HET_admin administratorga, tabiiy va suyultirilgan gaz ta’minoti yuzasidan 1104, 104 telefon raqamlari yoki Facebook ijtimoiy tarmoqdagi guruhga hamda ko‘mir ta’minoti yuzasidan 78-148-30-03, 71-244-38-28 telefon raqamlari va @Uzbekcoaluz_bot “Telegram” botga murojaat qilishlari mumkin.

Shu o‘rinda iste’molchilardan elektr qurilmalari va isitish moslamalariga nihoyatda ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lishlarini, ushbu qurilmalardan foydalanilmayotgan vaqtlarda tarmoqdan ajratib qo‘yishlarini, energiya resurslaridan imkon qadar tejamkorlik bilan foydalanishlarini, shuningdek, is gazidan zaharlanishning oldini olish yuzasidan berilayotgan tavsiyalarga qat’iy rioya qilishlarini so‘raymiz.

O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi Matbuot xizmati

▶️@minenergy_uz

Shofirkon tumani aholisi va tadbirkorlari diqqatiga!

Shofirkon tumani aholisi va tadbirkorlarini sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida “Shofirkon” 110/35/10 podstansiyasidagi quvvati 10 000 kVA bo’lgan kuch transformatorini 16 000 kVA quvvatdagi yangi transformatorga almashtirish ishlarining olib borilishi munosabati bilan 2023 yil 4-5 yanvar kunlari tumanning Tezguzar, Bogʻiabzal, Polvonobod, Xo’ja Orif, Pashmon, Kalon, Joʻyrabod, Iskogare, Quyi Chuqurak, Talisafed, Talisangobod, Qoʻrgʻoni, Vardonze, Yangiqishloq, SH.Rashidov hamda Joʻynav MFY hududlari elektr energiyasi ta’minotida cheklov jadvallaridan tashqari o’chishlar kuzatilishi mumkinligini bildiramiz.

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati

HURMATLI ELEKTR ENERGIYASI ISTE’MOLCHILARI!

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ barcha elektr energiyasi iste’molchilarini yaqinlashib kelayotgan Yangi yil bilan tabriklagan holda,  aholiga qulaylik yaratish maqsadida bayram munosabati bilan e’lon qilingan qo’shimcha dam olish kunlari (31 dekabrdan 3 yanvargacha)da elektr energiyasidan qarzdorligi bo’lgan iste’molchilar tarmoqdan ajratilmasligini ma’lum qilamiz.

Shu bilan birga, bayram kunlaridan keyin qarzdorlik tufayli xonadongizda elektr energiyasi ta’minotida uzilishlar bo’lishini oldini olish maqsadida foydalanilgan elektr energiyasi uchun mamlakatimizda mavjud to’lov tizimlari hamda banklarning mobil ilovalari orqali uydan chiqmasdan turib to’lovlarni amalga oshirish imkoniyati mavjudligini yana bir bor eslatib o’tmoqchimiz.

«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ

ELEKTR ENERGIYASI ISTE’MOLCHILARI DIQQATIGA!

2022 yil 26-27 dekabr kunlari Vobkent tumani hududlari elektr energiyasi ta’minotida mazkur jadval asosida cheklovlar kiritilishi mumkinligini ma’lum qilamiz.

Shuningdek, qolgan tumanlar elektr energiyasi ta’minotida kiritiladigan cheklov soatlari o’zgarishsiz qolayotganligini, cheklov jadvallariga o’zgarishlar kiritilganda qo’shimcha ma’lumot berilishini bildiramiz.

Batafsil 👉👉👉@buxenergo

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ

Cheklov jadvallari

Hurmatli elektr energiyasi iste’molchilari!
«Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi» AJning rasmiy telegram kanali orqali e’lon qilingan elektr energiyasi ta’minotiga oid kiritilgan cheklovlar jadvali hozirda amalda ekanligini, cheklov jadvallarida o’zgarishlar kiritilganda qo’shimcha ma’lumot berilishini ma’lum qilamiz.

👇👇👇Cheklov jadvallari

⚡️Buxoro shahri
⚡️Kogon shahri
⚡️Buxoro tumani
⚡️G’ijduvon tumani
⚡️Shofirkon tumani
⚡️Vobkent tumani
⚡️Romitan tumani
⚡️Peshko’ tumani
⚡️Olot tumani
⚡️Qorako’l tumani
⚡️Qorovulbozor tumani
⚡️Kogon tumani
⚡️Jondor tumani

«Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi» AJ

O‘zbekistonda uchta quyosh fotoelektr stansiyasini qurish bo‘yicha tender g‘oliblari aniqlandi.

2022 yil 15-dekabr kuni Buxoro, Namangan va Xorazm viloyatlarida umumiy quvvati 500 MVt bo‘lgan 3 ta quyosh fotoelektr stansiyasini qurish va ulardan foydalanish bo‘yicha o‘tkazilgan tender tanlovlarida g‘olib investorlar aniqlandi.

Tanlov natijalariga ko‘ra:

“Masdar” kompaniyasi (BAA) Buxoro viloyatida 250 MVt quvvatga ega loyihani qurish va unda ishlab chiqarilgan elektr energiyasining bir kilovatt-soati uchun 3,044 AQSh senti miqdorida taklifi bilan g‘olib bo‘ldi. Ahamiyatlisi, mazkur loyiha O‘zbekistonda birinchi marta quvvati 62 MVtlik Energiya saqlash batareyasi bilan amalga oshiriladi.

“GD Power – Powerchina” konsorsiumi (Xitoy) Namangan viloyatida 150 MVt quvvatga ega loyiha uchununda ishlab chiqarilgan bir kilovatt-soat elektr energiyasini 4,828 AQSh sentida yetkazib berish taklifi bilan g‘olib deb topildi.

“Voltalia” kompaniyasi (Fransiya) Xorazm viloyatida 100 MVt quvvatga ega loyiha uchun ishlab chiqarilgan bir kilovatt-soat elektr energiyasini 2,888 AQSh sentida yetkazib berish taklifi bilan g‘olib deb topildi.

Muzokaralar o‘tkaziladi.

▶️@minenergy_uz

HURMATLI ELEKTR ENERGIYaSI ISTE’MOLChILARI!

Havo haroratining sovib ketishi hamda yuqori iste’mol vaqtlarida Buxoro viloyatiga belgilangan iste’mol topshirig’ini bajarish, ishlab chiqarishdagi texnologik jarayonlar to’xtab qolishining oldini olish, elektr energiyasi ishlab chiqarish va iste’mol muvozanatini ushlab turish hamda ta’minotdagi tartibsiz uzilishlarni bartaraf etish maqsadida viloyatimiz hududlarida tuman, shahar hokimliklari bilan kelishgan holda avval e’lon qilingan elektr energiyasi ta’minotiga oid kiritilgan qisqa muddatli cheklovlar dekabr oyining 14, 15 hamda 16 sanalarida ham amal qilishini ma’lum qilamiz.

Elektr energiyasi ta’minoti bilan bog’liq har qanday muammoli vaziyatda  “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning tunu kun faoliyati yo’lga qo’yilgan 1154 qisqa raqamli Call-markaziga qo’ng’iroq qilishingiz yoki «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ bilan muloqot kanalining administratoriga  @HET_admin  o’z murojaatingizni yo’llashingiz mumkinligini yana bir bor eslatib o’tmoqchimiz.

Shuningdek, yuqorida keltirilgan «Buxoro HETK» AJ hamda uning tarkibidagi tuman, shahar elektr ta’minoti korxonalari va elektr ta’minoti korxonalari rahbarlarining telefon raqamlariga qo’ng’iroq qilishingiz mumkinligini bildiramiz.

Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so’raymiz.

«Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi» AJ