HURMATLI ELEKTR ENERGIYASI ISTE’MOLCHILARI!

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ barcha elektr energiyasi iste’molchilarini yaqinlashib kelayotgan Yangi yil bilan tabriklagan holda, aholiga qulaylik yaratish maqsadida bayram munosabati bilan e’lon qilingan qo’shimcha dam olish kunlari (31 dekabrdan 3 yanvargacha)da elektr energiyasidan qarzdorligi bo’lgan iste’molchilar tarmoqdan ajratilmasligini ma’lum qilamiz.
Shu bilan birga, bayram kunlaridan keyin qarzdorlik tufayli xonadongizda elektr energiyasi ta’minotida uzilishlar bo’lishini oldini olish maqsadida foydalanilgan elektr energiyasi uchun mamlakatimizda mavjud to’lov tizimlari hamda banklarning mobil ilovalari orqali uydan chiqmasdan turib to’lovlarni amalga oshirish imkoniyati mavjudligini yana bir bor eslatib o’tmoqchimiz.
«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ









Ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan Buxoroda reja asosida qo’llaniladigan elektr energiyasini cheklash grafigi kuzatuvchilar tomonidan turli muhokamalarga sabab bo’lmoqda. Holat yuzasidan “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ quyidagilarni ma’lum qiladi: