Elektr Energiyasi tariflari

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Yoqilg‘i-energetika resurslari iste’molchilarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida 2024-2025-yillarda yoqilg‘i-energetika resurslari narxlarining bosqichma-bosqich o‘zgarish grafigiga o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritish haqida” 194-son qarori qabul qilindi.
Davlatimiz rahbarining topshiriqlariga muvofiq ishlab chiqilgan mazkur qaror bilan Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 16-apreldagi 204-son qarori bilan tasdiqlangan 2024-2025-yillarda yoqilg‘i-energetika resurslari narxlarining bosqichma-bosqich o‘zgarish grafigiga aholi uchun yengillik yaratadigan o‘zgartishlar kiritilmoqda.
Masalan, yoqilg‘i-energetika resurslari narxlarining oshishi muddati 1-apreldan 1-may sanasiga ko‘chirildi.
Qolaversa, 201 kVt·soatdan 1000 kVt·soatgacha bo‘lgan differensiallashgan tarif bo‘yicha iste’mol miqdori orasiga yangi miqdor kiritilmoqda. Ya’ni 2025-yil 1-maydan e’tiboran aholi iste’molchilari 201 kVt·soatdan 500 kVt·soatgacha bo‘lgan yangi miqdor oralig‘ida har bir kilovatt·soat uchun 800 so‘mdan to‘laydi (shu paytgacha 201 kVt·soatdan 1000 kVt·soatgacha bo‘lgan qismi uchun 900 so‘mdan haq to‘langan).
Aytish joizki, bir oyda o‘rtacha 500 kVt·soat miqdorida elektr energiyasi sarflaydigan xonadon vakillari buning uchun 2025-yilning 1-may sanasiga qadar 360 ming so‘m to‘lashardi (200 kVt·soat bazaviy norma uchun 90 ming so‘m, 201 kVt·soatdan 500 kVt·soat uchun 270 ming so‘m). Tarif o‘zgarishlaridan so‘ng bir oyda o‘rtacha 500 kVt·soat tok ishlatadigan xonadon buning uchun… 360 ming so‘m to‘laydi (200 kVt·soat bazaviy norma uchun 120 ming so‘m, 201 kVt·soatdan 500 kVt·soat uchun 240 ming so‘m). Ya’ni ular uchun narx oshayotgani yo‘q.
Bundan tashqari, qaror bilan elektr energiyasi va tabiiy gaz narxlari har yili 1-maydan bir marotaba yillik inflyatsiya darajasidan kelib chiqqan holda 10 foizdan yuqori bo‘lmagan miqdorda indeksatsiya qilib borilishi belgilanmoqda.
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 16 aprelda “Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 204-sonli qarori qabul qilindi.
О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 15 sentabrdagi “Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qо‘shimcha chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi 475-sonli qaroriga asosan, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ 2023 yil 1 oktabrdan boshlab elektr energiyasining narxlari oshishini ma’lum qiladi.
T/r | Iste’molchilar nomi | О‘lchov birligi | О‘lchov birligi uchun narxlar (QQS hisobga olingan holda,sо‘m) |
I. | Iste’molchilarning I — IV guruhlari uchun elektr energiyasi | ||
1.1. | Iste’molchilarning I va II guruhlari:a) “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ, “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ, “О‘zbekiston metallurgiya kombinati” AJ va uning tarkibiga kiruvchi ishlab chiqaruvchi korxonalar, byudjet tashkilotlari, shuningdek, nasos stansiyalari iste’mol qiladigan elektr energiyasining davlat byudjetidan moliyalashtiriladigan qismi uchun;b) qolgan iste’molchilar uchun | kVt soat | 1 000 900 |
1.2. | Iste’molchilarning III guruhi, shu jumladan aholi: | ||
1.2.1. | Ovqat tayyorlash uchun markazlashgan holda elektr plitalari bilan jihozlangan kо‘p kvartirali uy-joylar va yotoqxonalarda yashaydigan maishiy iste’molchilar uchun: | 147,5 | |
1.2.2. | Qolgan iste’molchilar uchun: | 295 | |
1.3. | Iste’molchilarning IV guruhi: | 900 |
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 15 sentabrdagi “Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 475-sonli qaroriga (https://lex.uz/pdfs/6609144) asosan, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ 2023 yil 1 oktabrdan boshlab elektr energiyasining narxlari (https://het.uz/oz/lists/view/1919) oshishini ma’lum qiladi.
MA’LUMOT UCHUN: QARORGA ASOSAN AHOLI UCHUN TARIFLAR O‘ZGARISHSIZ QOLDI.
T/r |
Nomi |
O‘lchov birligi |
Bir o‘lchov birligi uchun narxlar (QQS hisobga olingan holda so‘m) |
|
2022-yil 15-iyuldan |
2023-yil 1-apreldan |
|||
1. |
Elektr energiyasi |
|||
1.1. |
Iste’molchilarning I va II guruhlari: |
|||
1.1.1. |
“Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ, “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ va budjet tashkilotlari, shuningdek, davlat budjetidan moliyalashtiriladigan nasos stansiyalari uchun |
kVt soat |
800 |
850 |
1.1.2. |
qolgan iste’molchilar uchun |
600 |
700 |
|
1.2. |
Iste’molchilarning III guruhi, shu jumladan, aholi: |
|||
1.2.1. |
ovqat tayyorlash uchun markazlashgan holda elektr plitalari bilan jihozlangan ko‘p kvartirali uy-joylar va yotoqxonalarda yashaydigan maishiy iste’molchilar uchun: |
kVt soat |
147,5 |
|
1.2.2. |
qolgan maishiy iste’molchilar uchun: |
295 |
||
1.3. |
Iste’molchilarning IV guruhi |
kVt soat |
600 |
700 |
1.4. |
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 8-noyabrdagi PQ-3379-son qarori bilan tasdiqlangan ro‘yxat bo‘yicha mahsulotlar ishlab chiqaruvchi va ayrim xizmatlar ko‘rsatuvchi iste’molchilar uchun |
kVt soat |
600 |
700 |
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 30 iyulda “Yoqilg‘i-energetika resurslarining narxlari va tariflarini o‘zgartirish to‘g‘risida”gi 633-sonli qaroriga asosan, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ 2019 yil 15 avgustdan boshlab elektr energiyasining narxlari oshishini ma’lum qiladi.
Guruh | Nomi | Narxi (so’m) |
2019 yil 15 avgustdan |
||
I guruh | Ulangan quvvati 750 kVA va undan ortiq bo‘lgan, elektr energiyasi uchun tabaqalashtirilgan tarif bo‘yicha hisob-kitob qilinadigan iste’molchilar (byudjet tashkilotlari, suv ta’minoti tashkilotlari, fermer xo‘jaliklari va suv iste’molchilari uyushmalarining nasos stansiyalari, shuningdek davlat byudjetidan moliyalashtiriladigan nasos stansiyalari bundan mustasno) uchun | 450,0 |
II guruh | Elektr energiyasi uchun bir stavkali tarif bo‘yicha hisob-kitob qiladigan iste’molchilar, maishiy iste’molchilardan tashqari | 450,0 |
III guruh | Maishiy iste’molchilar (aholi turmush ehtiyojlari uchun uy-joylar, xonadonlar, yotoqxonalar, yordamchi xo‘jaliklar, shaxsiy foydalaniladigan tomorqa bog‘ ob’yektlari, shu jumladan bog‘ shirkatlari va dala hovlilar sug‘orish nasoslari, shaxsiy avtomashinalar uchun garajlar, xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari va kommunal-ekspluatatsiya tashkilotlarining umumiy uy-joy ehtiyojlari, elektr energiyasidan aholini elektr energiyasi bilan ta’minlash uchun foydalanadigan idoraviy va munitsipal uy-joy fondi, yuridik shaxslar yotoqxonalari va oilaviy korxonalar, shuningdek, elektr energiyasidan aholi ehtiyojlari uchun foydalanadigan lokal qozonxonalar) uchun | 295,0 |
Turar-joy binolari va yotoqxonalarda yashovchi uy-joy, belgilangan tartibda oziq-ovqat mahsulotlarini tayyorlash uchun elektr plitalari bilan jihozlangan maishiy iste’molchilar uchun | 147,5 | |
IV guruh | Byudjet tashkilotlaridan tashqari elektr energiyasidan binolarni elektr bilan isitish, issiq suv ta’minoti va ovqat tayyorlash maqsadida foydalanadigan I va II tarif guruhlari iste’molchilari uchun | 450,0 |
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 8-noyabrdagi PQ-3379-sonli qarori bilan tasdiqlangan ro‘yxat bo‘yicha “Mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi va ayrim xizmatlar ko‘rsatuvchi” iste’molchilar uchun | 450,0 |
Izoh:
– Vazirlar Mahkamasining “Elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish tartibini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018 yil 12 yanvardagi 22-sonli qarori, 1-ilovasidagi 83-bandining uchinchi xatboshidagi va 116-banddagi “6 oydan”so‘zlari “2 oydan”so‘zlari bilan almashtirilgan;
– Vazirlar Mahkamasining “Yoqilg‘i-energetika resurslarining narx va tariflarini bosqichma-bosqich o‘zgartirish to‘g‘risida” 2018 yil 1 noyabrdagi 897-son qarorining 1,2 va 5-bandlari, shuningdek, qarorga 1 va 2-ilovalar o‘z kuchini yo‘qotgan, deb hisoblanadi.
– Vazirlar Mahkamasining “Yoqilg‘i-energetika resurslarining narx va tariflarini bosqichma-bosqich o‘zgartirish to‘g‘risida” 2018 yil 1 noyabrdagi 897-son qarorining 1 va 2-bandlari va qarorga 1 va 2-ilovalar 2019 yil 15 avgustdan boshlab o‘z kuchini yo‘qotadi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Yoqilg’i-energetika resurslari narxlarining va tariflarining bosqichma-bosqich o’zgarishi to’g’risida”gi 2018 yil 1 noyabrdagi 897-sonli qaroriga asosan «O’zbekenergo» AJ 2018 yil 16 noyabrdan boshlab elektr energiyasining narxlari oshganligini ma’lum qiladi. O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi tomonidan tasdiqlangan 2018 yil 1 noyabrdagi 19-03-22-06-O’zR-67-2018 sonli
PREYSKURANTI
Guruh | Nomi | Narxi | |
2018-йил 16-ноябрдан |
2019-йил 1-июндан |
||
I guruh | Ulangan quvvati 750 kVA va undan ortiq bo‘lgan, elektr energiyasi uchun tabaqalashtirilgan tariflar bo‘yicha hisob-kitob qiladigan iste’molchilar, budjet tashkilotlari, fermer xo‘jaliklari va suv iste’molchilari uyushmalarining nasos stansiyalari, shuningdek davlat budjetidan moliyalashtiriladigan nasos stansiyalari bundan mustasno | 331,00 | 370,00 |
II guruh |
Elektr energiyasi uchun bir stavkali tarif bo‘yicha hisob-kitob qiladigan iste’molchilar, maishiy iste’molchilardan tashqari
Maishiy iste’molchilar |
331,00
250,00 |
370,00
280,00 |
III guruh | Turar-joy binolari va yotoqxonalarda yashovchi uy-joy, belgilangan tartibda oziq-ovqat mahsulotlarini tayyorlash uchun elektr plitalari bilan jihozlangan maishiy iste’molchilar uchun | 125,00 | 140,00 |
IV guruh |
I va II tarif guruhlari iste’molchilari tomonidan texnologik maqsadda elektr isitish, shuningdek binolarni isitish, issiq suv ta’minoti va ovqat tayyorlashda foydalanilgan elektr energiyasi uchun
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 8-sonli PQ-3379-sonli qarori bilan tasdiqlangan Mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi va alohida xizmatlarni ko’rsatuvchi iste’molchilar uchun |
350,00
365,00 |
392,00
409,00 |
Izoh:
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 14 noyabrdagi 913-sonli qaroriga asosan «O’zbekenergo» AJ 2018 yil 1 apreldan boshlab elektr energiyasining narxlari oshganligini ma’lum qiladi.
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan 2018 yil 14 martdagi 19-03-22-06-O’zR-6-2018 sonli Reyestri
Guruh | Nomi | Narxi | |||
I guruh | Ulangan quvvati 750 kVA va undan ortiq bo‘lgan, elektr energiyasi uchun tabaqalashtirilgan tariflar bo‘yicha hisob-kitob qiladigan iste’molchilar, budjet tashkilotlari, fermer xo‘jaliklari va suv iste’molchilari uyushmalarining nasos stansiyalari, shuningdek davlat budjetidan moliyalashtiriladigan nasos stansiyalari bundan mustasno | 228 so‘m 60 tiyin | |||
II guruh | Elektr energiyasi uchun bir stavkali tarif bo‘yicha hisob-kitob qiladigan iste’molchilar, maishiy iste’molchilardan tashqari | 228 so‘m 60 tiyin | |||
III guruh | Maishiy iste’molchilar | 228 so‘m 60 tiyin | |||
Elektr plitalar bilan jihozlangan, o‘n qavatdan yuqori bo‘lgan ko‘p xonadonli turar joylari va yotoqxonalarda yashovchi maishiy iste’molchilar uchun | 114 so‘m 30 tiyin | ||||
IV guruh | I va II tarif guruhlari iste’molchilari tomonidan texnologik maqsadda elektr isitish, shuningdek binolarni isitish, issiq suv ta’minoti va ovqat tayyorlashda foydalanilgan elektr energiyasi uchun |
241 so‘m 50 tiyin
|
Izoh: