Elektr energiya tariflari (2019 yil 15 avgustdan)
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ:
2019 YIL 15 AVGUSTDAN BOSHLAB ELEKTR ENERGIYASINING NARXLARI OSHISHINI MA’LUM QILADI.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 30 iyulda “Yoqilg‘i-energetika resurslarining narxlari va tariflarini o‘zgartirish to‘g‘risida”gi 633-sonli qaroriga asosan, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ 2019 yil 15 avgustdan boshlab elektr energiyasining narxlari oshishini ma’lum qiladi.
Guruh | Nomi | Narxi (so’m) |
2019 yil 15 avgustdan |
||
I guruh | Ulangan quvvati 750 kVA va undan ortiq bo‘lgan, elektr energiyasi uchun tabaqalashtirilgan tarif bo‘yicha hisob-kitob qilinadigan iste’molchilar (byudjet tashkilotlari, suv ta’minoti tashkilotlari, fermer xo‘jaliklari va suv iste’molchilari uyushmalarining nasos stansiyalari, shuningdek davlat byudjetidan moliyalashtiriladigan nasos stansiyalari bundan mustasno) uchun | 450,0 |
II guruh | Elektr energiyasi uchun bir stavkali tarif bo‘yicha hisob-kitob qiladigan iste’molchilar, maishiy iste’molchilardan tashqari | 450,0 |
III guruh | Maishiy iste’molchilar (aholi turmush ehtiyojlari uchun uy-joylar, xonadonlar, yotoqxonalar, yordamchi xo‘jaliklar, shaxsiy foydalaniladigan tomorqa bog‘ ob’yektlari, shu jumladan bog‘ shirkatlari va dala hovlilar sug‘orish nasoslari, shaxsiy avtomashinalar uchun garajlar, xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari va kommunal-ekspluatatsiya tashkilotlarining umumiy uy-joy ehtiyojlari, elektr energiyasidan aholini elektr energiyasi bilan ta’minlash uchun foydalanadigan idoraviy va munitsipal uy-joy fondi, yuridik shaxslar yotoqxonalari va oilaviy korxonalar, shuningdek, elektr energiyasidan aholi ehtiyojlari uchun foydalanadigan lokal qozonxonalar) uchun | 295,0 |
Turar-joy binolari va yotoqxonalarda yashovchi uy-joy, belgilangan tartibda oziq-ovqat mahsulotlarini tayyorlash uchun elektr plitalari bilan jihozlangan maishiy iste’molchilar uchun | 147,5 | |
IV guruh | Byudjet tashkilotlaridan tashqari elektr energiyasidan binolarni elektr bilan isitish, issiq suv ta’minoti va ovqat tayyorlash maqsadida foydalanadigan I va II tarif guruhlari iste’molchilari uchun | 450,0 |
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 8-noyabrdagi PQ-3379-sonli qarori bilan tasdiqlangan ro‘yxat bo‘yicha “Mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi va ayrim xizmatlar ko‘rsatuvchi” iste’molchilar uchun | 450,0 |
Izoh:
- Ushbu tariflar 1 kVt. soat elektr energiyasi uchun qo‘shilgan qiymat solig‘i hisoblangan holda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 30 iyul “Yoqilg‘i-energetika resurslarining narxlari va tariflarini o‘zgartirish to‘g‘risida”gi 633-sonli qarori va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish tartibini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2018 yil 12 yanvar 22-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Elektr energiyasidan foydalanish qoidalari”ga asosan o‘rnatilgan.
- Yuqorida ko‘rsatilgan Hukumat qaroriga ko‘ra:
– Vazirlar Mahkamasining “Elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish tartibini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018 yil 12 yanvardagi 22-sonli qarori, 1-ilovasidagi 83-bandining uchinchi xatboshidagi va 116-banddagi “6 oydan”so‘zlari “2 oydan”so‘zlari bilan almashtirilgan;
– Vazirlar Mahkamasining “Yoqilg‘i-energetika resurslarining narx va tariflarini bosqichma-bosqich o‘zgartirish to‘g‘risida” 2018 yil 1 noyabrdagi 897-son qarorining 1,2 va 5-bandlari, shuningdek, qarorga 1 va 2-ilovalar o‘z kuchini yo‘qotgan, deb hisoblanadi.
– Vazirlar Mahkamasining “Yoqilg‘i-energetika resurslarining narx va tariflarini bosqichma-bosqich o‘zgartirish to‘g‘risida” 2018 yil 1 noyabrdagi 897-son qarorining 1 va 2-bandlari va qarorga 1 va 2-ilovalar 2019 yil 15 avgustdan boshlab o‘z kuchini yo‘qotadi.