Elektr energiya tariflari (2018 yil 1 noyabr)
Elektr energiyasi uchun yangi tariflar
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Yoqilg’i-energetika resurslari narxlarining va tariflarining bosqichma-bosqich o’zgarishi to’g’risida”gi 2018 yil 1 noyabrdagi 897-sonli qaroriga asosan «O’zbekenergo» AJ 2018 yil 16 noyabrdan boshlab elektr energiyasining narxlari oshganligini ma’lum qiladi. O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi tomonidan tasdiqlangan 2018 yil 1 noyabrdagi 19-03-22-06-O’zR-67-2018 sonli
PREYSKURANTI
Guruh | Nomi | Narxi | |
2018-йил 16-ноябрдан |
2019-йил 1-июндан |
||
I guruh | Ulangan quvvati 750 kVA va undan ortiq bo‘lgan, elektr energiyasi uchun tabaqalashtirilgan tariflar bo‘yicha hisob-kitob qiladigan iste’molchilar, budjet tashkilotlari, fermer xo‘jaliklari va suv iste’molchilari uyushmalarining nasos stansiyalari, shuningdek davlat budjetidan moliyalashtiriladigan nasos stansiyalari bundan mustasno | 331,00 | 370,00 |
II guruh |
Elektr energiyasi uchun bir stavkali tarif bo‘yicha hisob-kitob qiladigan iste’molchilar, maishiy iste’molchilardan tashqari
Maishiy iste’molchilar |
331,00
250,00 |
370,00
280,00 |
III guruh | Turar-joy binolari va yotoqxonalarda yashovchi uy-joy, belgilangan tartibda oziq-ovqat mahsulotlarini tayyorlash uchun elektr plitalari bilan jihozlangan maishiy iste’molchilar uchun | 125,00 | 140,00 |
IV guruh |
I va II tarif guruhlari iste’molchilari tomonidan texnologik maqsadda elektr isitish, shuningdek binolarni isitish, issiq suv ta’minoti va ovqat tayyorlashda foydalanilgan elektr energiyasi uchun
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 8-sonli PQ-3379-sonli qarori bilan tasdiqlangan Mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi va alohida xizmatlarni ko’rsatuvchi iste’molchilar uchun |
350,00
365,00 |
392,00
409,00 |
Izoh:
- Ushbu tariflar 1 kVt soat elektr energiyasi uchun qo‘shilgan qiymat solig‘i hisoblangan holda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Yoqilg’i-energetika resurslari narxlarining va tariflarining bosqichma-bosqich o’zgarishi to’g’risida”gi 2018 yil 1 noyabrdagi 897-sonli qarori va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish tartibini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018 yil 12 yanvar 22-sonli qarori bilan tasdiqlangan elektr energiyasidan foydalanish qoidasiga asosan o’rantilgan.
- Ushbu reyestr kuchga kirishi bilan 2018 yil 14 martdan amal qilgan 19-03-22-06-O’zR-6-2018 sonli Reyestri o‘z kuchini yo‘qotadi