Kogon tumanida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida elektr ta’minoti uzluksizligini ta’minlashga qaratilgan qator chora-tadbirlar bajarildi.

“Obod qishloq” Davlat dasturi asosida “Kogon tuman elektr ta’minoti” korxonasi tomonidan qurilish-montaj ishlari olib borilib, Xo‘ja Yakshaba mahallasida 90 ta temir beton tayanch tiklandi. Ikkita transformator punktining quvvati oshirilib, 250 kilovolt-amper quvvatidagi yangi transformator punktlari o‘rnatildi. 4100 metr uzunlikdagi havo elektr uzatish tarmog‘i yangidan tortildi.

Sorg‘un mahallasi hududida 130 dona mustahkam temir beton tayanchi yangidan qurildi. 5 ta transformator punktida mukammal ta’mirlash ishlari bajarilib, quvvati 100 kilovolt-amper bo‘lgan transformator 250 kilovolt-amper bo‘lgan transformator punktiga almashtirildi. Shuningdek, 5500 metr uzunlikda 0,4 kV kuchlanishdagi havo elektr uzatish tarmog‘i yangilanib, zamonaviy SIP kabellari tortildi.

Batafsil

Tohir ISTATOV (surat),O‘zA