Jondor tumanidagi “Jondor” 110/35/10 nimstansiyasida modernizasiya ishlari amalga oshirilmoqda.
Jondor tumani elektr energiyasi is’temolchilarini me’yor darajasidagi elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida 1968 yilda ishga tushirilgan “Jondor” 110/35/10 nimstansiyasidagi 10 mVAli transformator “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan yetkazib berilgan yangi 25 mVA quvvatdagi transformatorga almashtirildi.
Hozirda “Buxoro HETK” AJ xodimlari tomonidan maxsus texnikalar yordamida montaj ishlari bajarilmoqda. Nimstansiyadagi quvvatning oshishi natijasida Jondor tumani aholisining elektr energiyasi ta’minoti yaxshilanadi.
“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati