“Elektr xavfsizligi oyligi” doirasida profilaktik tadbirlar o‘tkazilmoqda









Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-sentabrdagi 523-son qaroriga muvofiq, elektr xo‘jaligi obyektlarining texnik va xavfsizlik holatini yaxshilash, aholi ayniqsa, bolalar xavfsizligini ta’minlash, elektr qurilmalari va tarmoqlaridan xavfsiz foydalanish bo‘yicha profilaktik tadbirlarni kuchaytirish hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida joriy yil 1-oktabrdan 1-noyabrga qadar respublika hududida “Elektr xavfsizligi oyligi” o‘tkazilmoqda.
Jumladan, “Buxoro HETK” AJ tomonidan Kogon tuman elektr ta’minoti korxonasida hamkor tashkilotlar bilan birgalikda profilaktik tadbir va maxsus-taktik o‘quv mashqlari tashkil etildi.
Shuningdek, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan avariyaviy holatlarda tezkor choralar ko‘rish, nosozliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish, iste’molchilarni barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash, jabrlanganlarga birinchi yordam ko‘rsatish bo‘yicha xodimlarning tayyorgarliklari o’rganildi.

