2025 yil yakunlari bo‘yicha korporativ boshqaruv tizimini baholash uchun mustaqil baholovchi tashkilot tanlash bo‘yicha tender

«Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi» aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlik jamiyatining 2025 yil yakunlari bo‘yicha korporativ boshqaruv tizimini baholash uchun mustaqil baholovchi tashkilot tanlash bo‘yicha tender.
«Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi» aksiyadorlik jamiyati, 2025 yil yakunlari bo‘yicha jamiyatning korporativ boshqaruv tizimini baholashni o‘tkazish uchun mustaqil baholovchi tashkilotni tanlash uchun tender e’lon qiladi. Tanlovda ishtirok etish uchun, aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatining samaradorligini oshirish va korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish komissiyasi yig‘ilishining 2015 yil 31 dekabrdagi 9-son bayonnomasi bilan tasdiqlangan korporativ boshqaruv kodeksida belgilangan tashkilotlar taklif qilinadi.
Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan xo‘jalik subyektlaridan quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari so‘raladi:
– ko‘rsatiladigan xizmat xaqqining miqdori ko‘rsatilgan tijorat taklif xati;
– davlat ro‘yxatidan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnomaning nusxasi;
– tegishli lisenziyaning nusxasi (mavjud bo‘lganda);
– qimmatli qog‘ozlar bozorining mutaxassisi malakaviy guvohnomasining va (yoki) korporativ boshqaruvchi malakaviy guvohnomasining nusxasi;
– mustaqil tashkilotning eng yirik mijozlarining ro‘yxati va qimmatli qog‘ozlar bozorida mustaqil tashkilotning tegishli ish tajribasi;
– baholash o‘tkazishning ish rejasi va ishni bajarish muddati;
– taqdim etilgan hujjatlarning ro‘yxati.
– tanlov shartlariga muvofiq taqdim etilishi zarur bo‘lgan boshqa hujjatlar.
Tanlovda ishtirokchilariga qo‘yiladigan talablar:
– qimmatli qog‘ozlar bozorida 1 (bir) yildan kam bo‘lmagan ish tajribasiga ega bo‘lishi;
– aksiyadorlik jamiyatlarida avvalgi o‘tkazilgan korporativ boshqaruv tizimini baholash bo‘yicha tashkilot ishiga salbiy baho berilgan holatlarni mavjud emasligi. Tijorat taklifi to‘g‘risida xat 2026 yil 10 apreliga qadar Buxoro viloyati, Buxoro shahri, Sanoatchilar ko‘chasi, 1/1 uy manzili bo‘yicha muhrlangan konvertda qabul qilinadi. Belgilangan muddatdan keyin berilgan takliflar haqiqiy emas deb, hisoblanadi va ko‘rib chiqish uchun qabul qilinmaydi.
Tashkilot to‘g‘risida ma’lumot:
Tashkilotning nomi: «Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi» aksiyadorlik jamiyati.
Qisqacha nomi: “Buxoro HETK” AJ.
STIR (INN): 201188400
Manzil: Buxoro viloyati, Buxoro shahri, Sanoatchilar ko‘chasi, 1/1 uy
Elektron pochta: info@buxelektr.uz
Jamiyatning rasmiy korporativ veb-sayti: www.buxelektr.uz
Aloqa telefoni: +998 65 225-04-56

