Aziz yurtdoshlar, qadrli kasbdoshlar!
Barchangizni xalqimizning eng ulug’, eng aziz bayrami – O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 34 yilligi bilan samimiy muborakbod etamiz!
Shunday qutlug’, saodatli kunda yurtimizga tinchlik, barchangizga sihat-salomatlik, oilaviy baxt, umr yo’lingizda katta muvaffaqiyatlar tilaymiz.
Goʻzal va betakror diyorimizni tinchlik-osoyishtalik, fayzu baraka aslo tark etmasin!
Har birimiz uchun qudrat manbai, saodat maskani bo’lgan jonajon O’zbekistonimiz osmoni doimo musaffo bo’lsin!
Hurmat va ehtirom ila,
“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ