Eskirgan simyog’ochlar yangilandi.
Iste’molchilar elektr energiyasi ta’minotini yaxshilash maqsadida Buxoro shahar elektr ta’minoti korxonasi xodimlari tomonidan joylardagi eskirgan simyog’ochlarni yangilash, yuklama bilan ishlab turgan elektr qurilmalarning quvvatini oshirish borasida ishlab chiqilgan chora – tadbirlar asosida keng ko’lamli ishlar olib borilmoqda. Jumladan, shaharning “Xo’ja G’unjoriy” mahalla fuqarolar yig’ini Eshoni Imlo ko’chasidagi ma’nan eskirgan simyog’ochlarni almashtirish uchun 6 dona mustahkam temir-beton tayanchlari olib kelib o’rnatildi. Shuningdek, o’z xizmat vazifasini o’tab bo’lgan yog’och ustunlar demontaj qilib olindi.