Bugun 11-noyabr – Xalqaro energiyani tejash kuni

“Resurslar va energiyadan foydalanish boʻyicha maktab loyihasi” (SPARE – School Project for Application of Recourses and Energy) xalqaro ekologik tarmoq tashabbusi bilan 11-noyabr kuni “Xalqaro energiyani tejash kuni” deb eʼlon qilingan.

Ushbu bayramni belgilash toʻgʻrisida qaror 2008-yilning aprelida Qozogʻistonda SPARE koordinatorlarining xalqaro yigʻilishida qabul qilingan.

2008-yil noyabrida jahonda ilk bor energiyani tejash kuni nishonlandi va ushbu bayram xalqaro maqomga ega boʻldi, chunki mazkur loyihada 20ga yaqin davlat ishtirok etdi.

Bayramning asosiy maqsadi — resurslardan oqilona foydalanish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirishga jamoatchilik eʼtiborini qaratishdir. Ancha keng maʼnoga ega boʻlgan energiyani tejash masalasi atrof-muhitga zararli chiqindilar chiqishini kamaytirishni ham nazarda tutadi.