Kuz – qish mavsumiga tayyorgarlik
Kuz – qish mavsumiga tayyorgarlik davomida Buxoro shahar elektr ta’minoti korxonasi tomonidan Buxoro shahridagi 705ta transformator punktlari birma – bir ko’rikdan o’tkazilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish choralari ko’rilmoqda. Ta’mirlash brigadalarining mutaxassis xodimlari elektr qurilmalarning sozligini tekshirish, ulanish nuqtalarini mustahkamlash, transformatorning moy sathini me’yor darajasiga keltirish, estetik holatini yaxshilash va bo’yoqlash ishlarini olib bormoqdalar. Jumladan, korxona hisobidagi quvvati 400 kVA bo’lgan, № 790 – sonli, shahar tipidagi transformator punktining holati o’rganilib, joriy ta’mirlash ishlari olib borildi.
Amalga oshirilayotgan ishlar iste’molchilarni uzluksiz va sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlashga xizmat qiladi.
“Buxoro HETK” AJ Matbuot xizmati