ISHCHI-GURUHI TOMONIDAN JOYLARDA TRANSFORMATOR PUNKTLARI NAZORATDAN O‘TKAZILMOQDA

Ayni kunlarda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan tashkil etilgan ishchi guruh tomonidan Buxoro viloyati Buxoro tumanidagi transformator punktlarini kuz-qish mavsumi oldidan nazoratdan o‘tkazilmoqda.

Joylarda ishchi-guruh tomonidan aniqlangan kamchiliklarni tezkorlik bilan bartaraf etish choralarini ko‘rish bo’yicha ko’rsatmalar berilmoqda.
Ushbu ishlardan asosiy maqsad iste’molchilarga barqaror elektr energiyasi yetkazib berish hamda elektr tarmoqlarida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda uzilishlarning oldini olishga qaratilgan.

“Buxoro HETK” AJ Matbuot xizmati