Elektr qurilmalarida mukammal ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.
Barcha turdagi elektr energiyasi iste’molchilarini barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan ishlab chiqilgan chora-tadbirlar asosida hududlardagi elektr uzatish tarmoqlari va elektr qurilmalarida mukammal ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Jumladan, G’ijduvon tumandagi “Turdi Abdullayev” 10 kVli elektr uzatish tarmog’ining 1500 metr uzunlikdagi qismida mukammal ta’mirlash ishlari bajarilib, AC50 tipidagi sim tortildi. Natijada, tumandagi 4000ga yaqin iste’molchilarining elektr energiyasi ta’minoti yaxshilandi.
“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati