Hurmatli elektr energiyasi iste’molchilari!

 

Energetika vazirligining xabariga ko’ra ayni kunlarda elektr energiyasiga nisbatan talabning oshib borishi tufayli mamlakatimiz bo‘ylab, iste’molchilar elektr energiyasi ta’minotida cheklovlar kiritilishiga majbur bo‘linmoqda.

Shu jumladan, energo tizimda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan yirik avariyaviy hodisalarni oldini olish maqsadida Buxoro viloyati hududlariga ham cheklovlar kiritilayotganligini ma’lum qilamiz.

Shu o‘rinda iste’molchilardan tabiiy gaz hamda elektr energiyasidan tejamkorlik bilan foydalanishlarini so‘rab qolamiz. Chunki ishlatilmayotgan elektr uskunalarini tarmoqdan uzib qo‘yish, behuda yonayotgan chiroqlar, reklama yoritkichlari hamda boshqa manbalarni o‘chirib yurish orqali elektr tarmoqlariga tushadigan kuchlanishni kamaytirishimiz, qolaversa, isrofgarchilikning oldini olishimiz mumkin.