24_soatlik_navbatchilik_asosida
Buxoro viloyatida kuzatilgan kuchli shamol va yo’gingarchilik natijasida shikast yetgan elektr uzatish tarmoqlarida vujudga kelgan nosozliklar tunu-kun bartaraf etilmoqda.
Olot tumani “O’zbekiston” mahalla fuqarolar yig’ini hududlarini elektr energiyasi bilan ta’minlovchi “Bahoriston” 10 kV kuchlanishdagi elektr uzatish tarmog’ini bir qismini yangilash ishlari olib borilmoqda. Kuzatilgan kuchli shamol va yog’ingarchilik natijasida shikastlangan tarmoqni tiklash uchun 30 dona mustahkam temir-beton tayanchlar olib kelinib, o’rnatilmoqda. Ta’mirlash, tiklash ishlariga 20ga yaqin xodim, 3 dona maxsus texnika jalb qilingan.
“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati