Buxoroda elektr energiyasi ta’minotiga oid tayyorgarlik qanday?
Hademay, kuz faslining ikkinchi oyi kiradi. Havo harorati quyiga tomon og‘ib borgani sayin aholi xonadonlari, ijtimoiy soha inshootlari, korxona va tashkilotlar, muassasalar va ulardagi mehnat jamoalarida qish-qirovli kunlarga tayyorgarlik birinchi o‘ringa chiqadi. Kundalik turmushda va ish faoliyatida elektr energiyasining o‘rni va ahamiyati nechog‘li beqiyos ekanini ortiqcha izohlashgna hojat yo‘q, albatta. Zero, o‘tgan yilgi anomal sovuq, izg‘irinli mavsumda tizimda kuzatilgan yetishmovchilik va muammolar aholi xonadonlari va sanoat korxonalarini uzluksiz energiya bilan ta’minlash hamisha dolzarb ekanidan dalolat berib turibdi.
Sir emas, mamlakatimizda shu yo‘nalishdagi aksar korxonalar bugunga kelib ma’nan eskirgan, ya’ni, moddiy texnik-texnologik jihatdan ta’mirtalab ahvolga kelgani bois, tizimning barcha bo‘g‘inini modernizasiyalash, yangi, zamonaviy uskuna va dastgohlarni o‘rnatish, mukammal rekonstruksiya ishlariga ehtiyoj yuqoriligicha qolmoqda. Xo‘sh, bu tarmoqda viloyatda kuz-qish mavsumiga qanday tayyorgarlik ko‘rilmoqda?