Monthly Archives: Avgust 2022

#Jarayon #Qorovulbozor_tumani

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ Nimstansiyalar xizmatgohi xodimlari tomonidan belgilangan yillik reja-grafigi asosida “Nurchi” 110/35/10 kV nimstansiyasida joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda. Elektr qurilmalarining texnik holati talab darajasiga keltirilib, nimstansiyaning estetik holati yaxshilanmoqda.

Ta’kidlash joizki, joriy ta’mirlash ishlarining o’z vaqtida olib borilishi texnik uskunalar mustahkamligining oshishi, kelib chiqishi mumkin bo’lgan avariyali o’chishlarning oldi olinishi hamda kuz-qish mavsumida aholi va tadbirkorlarni me’yor darajasidagi uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlashda o’z samaradorligini ko’rsatadi.

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati

>>

Sifatli va uzluksiz elektr ta’minoti

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan iste’molchilarga yanada sifatli elektr energiyasini yetkazib berish uchun yuqori hamda past kuchlanishdagi elektr tarmoqlarida modernizatsiya va yangilash ishlari olib borilmoqda. Shuningdek, kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgalik ko’rish, iste’molchilarga uzluksiz va me’yor darajasidagi elektr energiyasini yetkazib berish maqsadida mukammal ta’mirlash ishlari bajarilmoqda.

Jarayon tavsilotlari bilan “O’zbekiston24″ telekanalining “Reportaj24” informatsion dasturi orqali tanishishingiz mumkin.

Batafsil

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati

>>

“HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI” AJ OGOHLANTIRADI!

Keyingi paytlarda respublikamizning turli hududlarida aholi xonadonlariga kirib, «Biz elektr tarmoqlari korxonasidanmiz, xonadoningizdagi elektr jihozlarini tekshirgani keldik», deya aldov yo‘li bilan elektr hisoblagich va boshqa elektr jihozlarini nomiga ko‘rikdan o‘tkazib, ushbu xizmatlari uchun iste’molchilardan majburiy to‘lov undirib yurgan shaxslar mavjudligi yuzasidan ko‘plab ma’lumotlar  kelib tushmoqda.

“Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati ushbu holat yuzasidan quyidagilarni bildiradi. Aslida bunday yakka tadbirkorlik sub’ektlari hamda xususiy korxonalar vakillarining ish hujjatlarida “elektr jihozlariga xizmat ko‘rsatiladi” degan yozuv bo‘lsada, “Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati va uning tarkibiy korxonalariga biror aloqasi yo‘q va hech qanday shartnomaga ega emas.

Batafsil

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Matbuot xizmati

Rasmiy kanallarimiz👇👇👇

Facebook | Telegram | YouTube  | Instagram

>>

Elektr energiyasi iste’molchilari diqqatiga!

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ barcha elektr energiyasi iste’molchilarini yaqinlashib kelayotgan O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz bir yillik bayrami bilan tabriklagan holda, bayram munosabati bilan e’lon qilingan qo‘shimcha dam olish kunlari (1-4 sentyabr) davomida qarzdorlik tufayli xonadoningizda elektr energiyasi ta’minotida uzilishlar bo‘lishini oldini olish maqsadida foydalanilgan elektr energiyasi uchun mamlakatimizda mavjud to‘lov tizimlari (U-Pay, Click, Payme, Paynet) hamda banklarning mobil ilovalari orqali to‘lovlarni amalga oshirishlari mumkinligini yana bir bor eslatib o‘tadi.

Ma’lumot o‘rnida: Respublikamizda elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi (ASKUE)ning joriy etilishi munosabati bilan qarzdorlar avtomatik tarzda tarmoqdan ajratiladi.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Matbuot xizmati

>>

Nurobod obod manzilga aylanmoqda.

Bugun yurtimizda har bir hududni obod manzilga aylantirish, u yerda istiqomat qiluvchi aholiga yanada qulay yashash sharoitlarini qaror toptirish uchun manzilli dasturlar shakllantirilib, bunyodkorlik ishlari olib borilmoqda. Albatta hududlar obodligini ta’minlanishi barobarida elektr energiyasi ta’minotini yanada yaxshilash ishlariga “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi ” AJ tomonidan alohida e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, jamiyat tarkibidagi Qorovulbozor tuman elektr ta’minoti korxonasi xodimlari tomonidan tumanning “Tinchlik” MFY Nurobor ko’chasida qurilish va montaj ishlari olib borildi. Belgilangan chora-tadbirlar asosida hududga 13 dona mustahkam temir-beton tayanchlari o’rnatilib, zamonaviy SIP kabellari tortildi.
Ta’kidlash joizki, amalga oshirilayotgan bu kabi ishlar iste’molchilarga uzluksiz va sifatli elektr energiyasini yetkazib berishga xizmat qiladi.
“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati
>>