"BUXORO HETK"AJ OB'EKTLARINI XARITASI

Mavsumga_tayyorgarlik

Avval xabar berganimizdek iste’molchilarni kuz – qish mavsumida barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash uchun belgilangan chora tadbirlar asosida keng ko’lamli ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.

Xususan, joylardagi yuqori kuchlanishli podstansiyalar birma – bir ko’rikdan o’tkazilib, aniqlangan kamchiliklar bartaraf qilinmoqda.

Mavsumga_tayyorgarlik

Mustahkam temir beton tayanchlari o’rnatilib, qo’shimcha tarmoq qurilmoqda.

Buxoro shahar “G’afur G’ulom” hamda “Fayzulla Xo’jayev” mahalla fuqarolar yig’ini aholisiga elektr energiyasini yanada sifatli va barqaror yetkazib berish maqsadida 3000 metrga yaqin, 6 kV kuchlanishdagi, yangi elektr uzatish tarmog‘i tortilmoqda. “Zarafshon” 35/6 kVli podstansiyadan chiquvchi ushbu tarmoq, aholining kundalik ehtiyojlarini uzluksiz energiya bilan ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Yangi tarmoqning foydalanishga topshirilishi nafaqat uy xo‘jaliklari, balki ishlab chiqarish korxonalari va ijtimoiy sohalar faoliyati uchun ham katta qulayliklar yaratadi.

Jarayon

Hududlar elektr energiyasi ta’minotini yanada yaxshilash maqsadida joriy yil avvalida belgilab olingan chora – tadbirlar asosida “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan hududlar kesimida bir qator amaliy ishlar olib borilmoqda. Ayni kunlarda, elektr ta’minoti korxonalarining mutaxassis xodimlari transformator punktlarini mukammal ta’mirlash, fazalar orasidagi yuklamalarni teng taqsimlash ishlarini bajarmoqda.
Ta’kidlash joizki, ta’mirlash ishlarining o’z vaqtida bajarilishi iste’molchilarni mustahkam elektr energiyasi bilan ta’minlashda hamda tarmoqdagi texnologik yo’qotishlarni kamaytirishda o’z samaradorligini ko’rsatadi.

“Buxoro HETK” AJ Matbuot xizmati

E`tirof

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ da uzoq yillar davomida samarali mehnat qilib kelayotgan samimiy va kamtarin inson Jalilov Tolib Jalilovich uchun bugun yaxshi kun. Ustoz xodim 60 yoshni qarshiladi. Umrining yarmidan ko’pini tizimda o’tkazgan bu inson faoliyati haqiqatda e’tirofga loyiq.

Ish faoliyati hamda bosib o’tayotgan umr yo’li davomida o‘z mehnati, tajribasi va fidoyiligi bilan jamoamizda munosib o‘rnak bo‘lib kelgan ustoz xodimning faoliyatini jamiyat bosh direktori yuksak baholab sana munosabati bilan qutladi va ustoz-shogirdlik an’anasini munosib davom ettirgan inson sifatida yaxshi fikrlar bildirildi.

Yangi Oʻzbekiston” massividagi «Eko shahar»da yangi “Energetiklar bogʻi”ning ochilishi boʻlib oʻtdi.

Fargʻonada tashkil etilgan “Yoshlar forumi” doirasida Fargʻona shahrida barpo etilayotgan “Yangi Oʻzbekiston” massividagi «Eko shahar»da yangi “Energetiklar bogʻi”ning ochilishi boʻlib oʻtdi.

Ushbu ezgu tashabbusga Buxoro energetiklari ham o’z hissalarini qoshib, iqlimga mos mevali manzarali ko’chatlarni yerga qadashdi.

👉👉👉 @buxenergo

Barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida belgilangan chora tadbirlar asosida keng ishlar olib borilmoqda

Avval xabar berganimizdek, iste’molchilarni kuz – qish mavsumida barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida belgilangan chora tadbirlar asosida keng ishlar olib borilmoqda. Amalga oshirilayotgan ishlarning belgilangan me’yorlar bo’yicha bajarilayotganligi jamiyat rahbariyati hamda hamkor tashkilotlar, prokuratura organlari xodimlari bilan birgalikda joyiga chiqib o’rganilmoqda.

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan belgilangan chora tadbirlar asosida keng ko’lamli ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.

Buxoro viloyati aholisi ijtimoiy soha obyektlari va tadbirkorlarni kuz – qish mavsumida uzluksiz va barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash uchun “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan belgilangan chora tadbirlar asosida keng ko’lamli ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.Xususan, joriy yilda 830 dona transformator punktlari va 2 981 km uzunlikdagi elektr uzatish tarmoqlarini mukammal ta’mirlash rejalashtirilgan bo’lib, mazkur yo’nalishdagi ishlar to’liq yakuniga yetkazildi.

Ta’kidlash joizki, amalga oshirilayotgan ishlar mavsumni batalofat o’tkazish hamda elektr energiyasi ta’minotidagi yo’qotishlarni kamaytirishga xizmat qiladi.

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati

Quyosh panellari issiqxona uchun toza energiya manbai.

Issiqxonalarni issitish va yorug’lik bilan ta’minlashda ham quyosh panellari samarali yechim sifatida namoyon bo’lmoqda. Birinchidan, issiqxonalar doimiy ravishda yorug‘lik va elektr quvvatiga ehtiyoj sezadi. Quyosh panellari esa tabiiy quyosh nuridan foydalanib, issiqxona ichidagi yoritish, sug‘orish tizimi va isitish moslamalarini elektr bilan ta’minlashga yordam beradi.

Batafsil

Milliy_qadriyatlar

Milliy liboslarda xalqimizning tarixi, qadimiy urf-odat va an’analari, didi, estetik qarashlari mujassamdir. Hozirgi kunda milliy liboslar jozibasini xalqimiz o‘rtasida keng targ‘ib etish g‘oyat muhim sanaladi.

✅ Siz ham ushbu ezgu tashabbusga qo‘shiling, chellenjda faol ishtirok eting!