"BUXORO HETK"AJ OB'EKTLARINI XARITASI

ISROFGARCHILIKKA YO’L QO’YMAYLIK

Elektr energiyasidan oqilona va tejamkorlik bilan foydalaning. Bugungi hayotimizni elektr energiyasiz tasavvur qila olmaymiz.

Hurmatli yurtdoshlar, har birimiz xonadonimiz yoki ish joyimizda elektr energiyasidan oqilona hamda tejamkorlikka rioya qilgan holda foydalanishimiz zarur.

Shuningdek, quyoshli yurtimizning tabiiy imkoniyatidan foydalanib, quyosh panellari hamda quyosh suv isitgichlarini o’rnating va daromadingizni oshiring.

Jarayon

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJning Podstansiyalar xizmatgohi xodimlari tomonidan joylardagi podstansiyalarning holati doimiy ravishda o’rganilib, aniqlangan kamchiliklar bartaraf qilinmoqda. Jumladan, G’ijduvon tumanidagi “Nayman” 35/10 kV podstansiyasida joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirildi. Podstansiyada obodonlashtirish, elektr qurilmalari va o’chirib, yoqish uskunalarini ta’mirlash, estetik holatini yaxshilash, qizishini oldini olish hamda ulanish nuqtalarini ko’rikdan o’tkazish ishlari bajarildi.

“Buxoro HETK” AJ Matbuot xizmati

Ishga taklif etamiz

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi”AJ elektr uskunalari va tarmoqlariga xizmat ko’rsatuvchi elektromontyor lavozimi bo’yicha bo’sh ish o’rinlariga tanlov e’lon qilganligini ma’lum qiladi.

Tanlovda ishtirok etish istagida bo’lganlardan 2025 yilning 13 iyun kuni soat 18:00ga qadar “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJning Xodimlar bilan ishlash bo’limiga kelib, kerakli hujjatlarni taqdim etishlari so’raladi.

✅ Tanlov 2025 yil 16 iyun kuni soat 10:00da boshlanadi.

Talablar: Mutaxasisligi bo’yicha Energetik (Oliy yoki o’rta maxsus)

Manzil: Buxoro shahri, Sanoatchilar ko’chasi 1/1 uy
Xodimlarni boshqarish bo’limi: ☎️ (65) 225 4264

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi”AJ

Energiya samaradorligiga erishish hamda iste’molchilarni barqaror va mustahkam elektr energiyasi bilan ta’minlash uchun keng ko’lamli ishlar olib borilmoqda.

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan energiya samaradorligiga erishish hamda iste’molchilarni barqaror va mustahkam elektr energiyasi bilan ta’minlash uchun, belgilangan vazifalar bo’yicha keng ko’lamli ishlar olib borilmoqda. Jumladan, elektr uzatish tarmoqlari va qurilmalarida mukammal ta’mirlash, modernizatsiya va yangilash ishlarini amalga oshirish, tarmoqlardagi yo’qotishlarni sezilarli darajada kamaytirish, behuda sarflashlarni oldini olish, noqonuniy ulanishlarni fosh etish, muqobil energiya manbalari va tejamkor uskunalarni o’rnatishning avzalliklari bo’yicha iste’molchilarga tushuntirishlar berish, belgilangan me’yordan ko’p elektr energiyasini sarflayotgan iste’molchilarni tahlil qilib, sabablarini joyiga chiqqan holda o’rganish jarayonlari amalga oshirilmoqda.

Jarayon tavsilotlari bilan “O’zbekiston 24″ telekanalining “Maxsus reportaj” informatsion dasturi orqali tanishishingiz mumkin.

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati

Sohada uzoq yillar xizmat qilgan yoshi ulug’ ustozlar, boquvchisini yo’qotgan, yakka yolg’izlar holidan xabar olindi.

Yurtimizda ayyomlar xususan, Hayit bayrami kunlarida boquvchisini yo’qotgan, yakka yolg’iz, muhtojlar holidan xabar olish, inson qadrini ulug’lash, saxovat ko’rsatish asriy ananaga aylangan. Shunday kunlarda kam ta’minlangan, o‘zgalar ko‘magiga muhtoj, ehtiyojmand oilalar holidan xabar olinadi, ularni ko‘nglini ko‘tarish uchun har tomonlama yordam ko‘rsatiladi.
Jumladan “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ kasaba uyushmasi qo’mitasi raisi tomonidan ayni kunlarda sohada uzoq yillar xizmat qilgan yoshi ulug’ ustozlar, boquvchisini yo’qotgan, yakka yolg’izlar holidan xabar olindi va oziq-ovqat mahsulotlari ulashildi.

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati